Kayfiyat


Saqlash
17:01 / 31.01.2022 0 5583

 

Kayfiyat – inson ruhiy dunyosining ijobiy yoki salbiy emotsiyalar, his-tuyg‘ular ko‘rinishida yuzaga chiqadigan, nisbatan uzoq davom etadigan turg‘un psixik holatni ifoda etadigan tushuncha. Kayfiyat quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: Birinchisi – zaif intensiv bo‘lib, u mamnun kayfiyatda ham, g‘amgin kayfiyatda ham aniq ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Bunday holatda kayfiyat intensiv asab xurujlariga sabab bo‘lmaydi. Ikkinchisi – uzoq muddatli, unda kayfiyat sekin rivojlanadi va uzoq vaqt davomida his qilinadi. Uchinchisi – noaniq – ma’lum kayfiyatni his qilgan kishi odatda shu kayfiyat sabablarini anglamaydi. To‘rtinchisi – o‘ziga xos difuz xarakter bo‘lib, unda kayfiyat odamning fikrlari, xatti-harakat va munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Kayfiyat situativ emotsiya va affektlardan ham farq qiladi. U ma’lum hodisalarning bevosita natijasi o‘laroq yuzaga chiqadigan emotsional reaksiya bo‘lmasdan, balki insonning o‘z oldiga qo‘ygan rejalari, qiziqish va kutgan ishlarining ahamiyatiga bo‘lgan emotsional reaksiyasidir. Kayfiyat, o‘z navbatida, sodir bo‘layotgan voqealarga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda u odamdagi fikrlarning yo‘nalishini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Kayfiyat keltirib chiqaruvchi sabablarning anglanish darajasiga bog‘liq holda muayyan noaniq emotsional fon ko‘rinishida yoki aniq farqlangan holat  ko‘rinishida yuzaga chiqadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//