Vatanga, millatga dushmanlik qilgan kishini kechirmang


Saqlash
16:01 / 31.01.2022 0 1133

Millatimizni zaif ahvolga solgan sabablardan biri atrofimizda yurgan do‘st suratidagi hiylakorlarga nisbatan soddaligimizdir. Holbuki, inson har qanday va’daga aldanavermasligi, har bir yo‘l ko‘rsatuvchiga ishonavermasligi lozim.

Hikmat Ziyo

 

 

Shaxsingizga dushmanlik qilganni afv etingiz. Lekin vataningizga, millatingizga va diningizga dushmanlik qilgan kishini kechirmangiz.

Ali ibn Abu Tolib

 

 

Kishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqmog‘i, ilmsiz qolishiga esa amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi.

                                                                                                      Masruq

 

 

Istamay mutolaa qilayotgan talaba – qanotsiz qush.

Sa’diy Sheroziy

 

Bugun sizlar havoyi nafslar ilmga tobe zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoyi nafslarga tobe bo‘ladi.

Abdulloh ibn Mas’ud

 

 

Ilm fikrning xos mevasidir. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa, holati o‘zgaradi, holati o‘zgarsa, a’zolarning amali o‘zgaradi. Bas, amal holatga, holat ilmga, ilm fikrga tobedir.

Abu Homid al-G’azzoliy

 

 

Dunyoda olimlarning xushomadgo‘yligi bo‘lmaganida, zolimlar zulmga jur’at qilolmasdilar.

Abdulfattoh Shohin

 

 

Ilmdan azizroq narsa yo‘qdir. Podshohlar odamlarga hokim bo‘lsalar, olimlar podshohlar ustidan hokimdir.

Abul Asvad

 

 

Olimlar, fozillar, adiblar davlatning tanasidagi kuchdir. Ularga iltifot va ikromda bo‘l... Shunday yo‘l tutginki, hukumatingda orif arboblar, fazilatli insonlar va olimlar ko‘paysin.

Usmon G‘oziy

 

 

Insonni xalq bilan bilimdan boshqa hech nima bog‘lay olmaydi. Kimki gunohlarga botgan bo‘lsa, ulardan faqat bilim orqali forig‘ bo‘lishi mumkin.

Majididdin Xavofiy

 

 

Yunon faylasuflari avom xalqi uchun emas, balki yuqori tabaqalar uchun usul va qoidalar ishlab chiqqanlar.

Abu Rayhon Beruniy

 

 

Bizdan oldin kelib-ketganlarning bu dunyoda izlari bor, bizdan keyin keladiganlarga esa biz iz qoldiramiz. To‘g‘ri iz qoldirgan kishi qandayin baxtli!

Muhammad Kamol Pilav

 

 

Ey xoja, qachongacha boylik to‘playsan, ular o‘limingdan keyin qolib ketadi-ku! Agar Xorun xazinasini jamlasang ham, baribir sening ta’magirliging va ochko‘zliging tugamaydi.

Husayn Voiz Koshifiy

 

 

Haddan oshgan g‘azab qo‘rquv tug‘dirar, me’yorsiz erkalash olomon ko‘z o‘ngida obro‘yingni to‘kur.

Sa’diy Sheroziy

 

 

Yoshlarimiz zamonaviy va ijtimoiy fanlarni o‘rganmoqlari zarur. Aks holda hayotning oxirgi g‘ildiragiga aylanamiz, tariximizga, ajdodlarimizga, millatimizga, dinimizga xiyonat qilgan bo‘lamiz. Islomning ilk farmoniga ijobat qilmoq – o‘qimoq dinimiz amridir.

Abdulfattoh Shohin

 

 

O‘rtadan nifoqni ko‘taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar! Hammaga ozodlik yo‘lini ko‘rsatingizlar! Ozodlikni tezlik ila yuzaga chiqaringizlar! Bizlar ul choqda qabrimizda tinch yoturmiz!

Mahmudxo‘ja Behbudiy

 

 

“Sharq haqni topdi...” kitobidan olindi.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 197
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 240
Narxning navosi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1538
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224251
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 54156
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39109
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 38699
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 30531
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30197
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29551
Alpomish

//