Dushmaningga baxt tila… – Sharof Boshbekov hayoti xulosalari


Saqlash
17:01 / 27.01.2022 0 1471

 

***

Javobsiz sevgi bo‘lishi mumkin, javobsiz do‘stlik bo‘lmaydi. Unda u do‘stlik emas.

 

***

Sizni kimdir to‘satdan yoqtirmay qolsa, bilingki, bir paytlar siz unga yaxshilik qilgansiz...

 

***

Biz birovlarning kamchiligini ko‘rishga ustamiz, lekin o‘zimizning xatolarimizni payqamaymiz.

 

***

Vijdon nima? Insonning ichida vijdon degan organ yo‘q. Yurak bor, taloq bor. Lekin vijdon og‘risa, azob bersa, odamning hayoti zulmatga aylanadi.

 

***

Kitobning televideniyedan ustun jihati – kitob ichida reklama yo‘qligi.

 

***

Vaqt dil yarasini davolamaydi, faqat kishi o‘sha og‘riqqa ko‘nikib ketadi.

 

***

Onamiz bizdan shirinlikni berkitimay qo‘ygan paytdan boshlab bolalik deb atalmish betashvish davr tugaydi.

 

***

Hozir, nazarimda, ko‘pchilik o‘z yo‘liga tushgani yo‘q: etikdo‘z artist bo‘p yuribdi, o‘qituvchilikni qoyillatadigan odam o‘rtamiyona aktyor… Inchunin, hamma o‘z kasbini almashtirgandek. Hayotda hamma o‘z o‘rnini topishi kerak.

 

***

Men bolaligimda uchuvchi bo‘lishni orzu qilardim. Hayot hayot ekan. Turfa so‘qmoqlarni bosib o‘tdim. O‘z o‘rnimni topgunimcha ko‘p tentiradim. Ashulachilik qildim, baletda rollar o‘ynadim, kinoda sudralib yurdim. Ko‘p tentirab, oxiri yozuvchilikda to‘xtadim.

 

***

Men ko‘pincha hajviy asarlar, kinokomediyalar va yumoristik pyesalar yozaman. Aslida yig‘lab yubormaslik uchun kulaman.

 

***

Dushmaningga baxt tila, toki u o‘z baxtiga o‘ralishib, senga yomonlik qilishga na vaqt topa olsin, na xohish.

 

***

Bu dunyoda baxtli odam yo‘q, o‘zini baxtli qilib ko‘rsatadiganlar bor.

 

 

 

oyina.uz

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39415
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38670
“Avesto”

//