Bir bolaning bilim olishi bu faqatgina uning manfaati uchun emas, balki...


Saqlash
19:08 / 24.08.2021 0 1616

Hasan Basriy aytadilar: “Olimlar bo‘lmaganida, insonlar chorva mollari kabi bo‘lib qolardilar,” ya’ni olimlar insonlarni ilm o‘rgatish yo‘li bilan hayvonlik darajasidan insonlik martabasiga ko‘taradi.

Qaysi jamiyatda olimlar, fuzalolar ko‘paysa, o‘sha yerda taraqqiyot va ma’rifat bo‘ladi, deydi xalqimiz. Olimlikning avvali esa yaxshi ta’lim. Ta’limga sarmoya kiritgan, uni turli inqirozlardan chiqish kaliti deb bilgan davlatlar bugun jadal rivojlanmoqda. Investopedia.com nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh 2015-yilda boshlang‘ich va o‘rta ta’limdagi har bir o‘quvchiga 12 800 dollardan mablag‘ ajratgan. Bu OECD (Organization for Economic Corporation and Development) tarkibiga kiruvchi 37 davlatning ta’limga ajratadigan o‘rtacha sarmoyasidan 35 foiz yuqori. Avstriya (13 931$), Norvegiya (14 353$) va Lyuksemburg (20 900$) bu borada Amerikani ortda qoldirgan. Ushbu raqamlardan anglash mumkinki, dunyo tobora ilm va yuqori intellektga tashna bo‘lib bormoqda.

Inson o‘qishga bag‘ishlagan umrining katta qismini maktab ta’limiga ajratadi. Asosiy bilim va ko‘nikmalar aynan maktabda shakllanadi. Ayrimlar maktabda o‘n bir yil umrini o‘tkazadi-yu manfaatli ilmdan bebahra qoladi. Ana shundaylar bilimning o‘zi hamda jamiyatiga foydasini, uni o‘rganish qanchalar katta ajr-savob ekanligini bilganlarida va amal qilganlarida, insonning johilligi namunasi bo‘lgan turli zo‘ravonliklar kam kuzatilar edi.

Bir bolaning bilim olishi bu faqat uning manfaati uchun emas. Chunki birgina inson butun jamiyatni yoki uning ma’lum qatlami hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun ta’limga ko‘proq sarmoya kiritish lozim. Aytadilarki, ilmning avvali sukut qilish, keyin tinglash, keyin uni yod olish, keyin unga amal qilish, keyin esa uni tarqatish – boshqalarga ham o‘rgatishdir.

Dilshodaxon OLIMOVA,
O‘zJOKU talabasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 132
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 354
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 758
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231897
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112083
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64238
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53992
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48832
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38742
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37424
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35663
“Avesto”

//