Beshikning organizmga foydasi, qanday bolalarni belash mumkin emas


Saqlash
16:01 / 21.01.2022 0 6696

 

O‘zbek, tojik, turkman, qoraqalpoq, qirg‘iz va boshqa sharq xalqlari qadim-qadimdan beshikdan foydalanib kelgan. Bir millatning beshigi ikkinchi millatning beshigidan shakli, gullari, naqshlari, yasalishi bilan farqlanadi. Ularning har birida millatning o‘ziga xos xususiyatlari, an’analari aks etadi.

 

Odatda beshiklar  o‘rik, yong‘oq hamda tut daraxtlaridan yasaladi. Beshiksoz usta  dastlab kesilgan daraxtni bo‘laklarga bo‘lib taxlab qo‘yadi. Uni jazirama quyosh, yomg‘ir va qordan  panada asraydi. Undagi namlik tabiiy ravishda  butkul chiqib ketishi uchun bir yildan to‘rt yilgacha  kutishga to‘g‘ri keladi. Namlik yog‘ochdan butunlay chiqib ketmasa yoki  me’yoridan ko‘proq quritilsa beshik sifatsiz chiqadi. Terak va toldan tayyorlangan, namligi butkul chiqib ketmagan beshikka qurt tushadi.

 

Yog‘ochlarning yo‘g‘on joyidan ustbozi, takbozi tayyorlanadi. Takbozilarga yupqa taxtachalar joylashtirilib, tuvak uchun maxsus joy dumaloq shaklda o‘yib olinadi. Beshikning ikki tomonidagi yarim doira shakliga, yo‘rg‘a oyoqlariga egmoch o‘rnatilib dastaga biriktiladi. Dastaning ikki tomoniga qubbalar joylashtiriladi. Chaqaloqning bosh va oyoqlarini himoya qilish uchun egmochlarning ichiga boshlog‘i va bag‘alak cho‘plar o‘rnatiladi. Ular daraxtning mayda shoxlaridan tayyorlangan bo‘ladi.

 

 

Beshikka naqshlar, gullar o‘yilib turli bo‘yoqlar beriladi, keyin loklanadi. Ustalar bunda  asosan yorqin ranglardan foydalanishadi. Uzoq vaqt ohorini yo‘qotmasligi uchun bo‘yoqlarga maxsus modda qo‘shiladi. Qizig‘i, buning qanday modda ekani sir saqlanadi. Bo‘yoqlarning tabiiyligiga, hidi chiqmasligiga e’tibor beriladi. Chunki chaqaloq beshikning bezaklariga qarab tinchlanadi, ranglarni bir-biridan  ajratishni o‘rganadi.

 

Beshikning bejirim va qulay chiqishi ustaning mahoratiga, tajribasiga, fantaziyasiga, ishini ixlos va mehr bilan bajarishiga bog‘liq. Mohir ustaning san’at asari bir-birini aslo takrorlamaydi.

 

Mixsiz yasalgan qurilma beshikning tuzilishi ajoyib. Dunyoda eng ma’quli deb tan olingani gumbazsimon qubba shaklidagi beshikdir. Ikki yoni ochiqligi, ichi kengligi sababli chaqaloqni belash va yechishga qulay.

 

 

Chaqaloqni  beshikka belash uchun uzun ip, beshikning yoni bilan teng, ikkita bir qarichli cho‘p, qovuz to‘shakcha, taglik, ko‘rpacha, yostiqcha, ikkita qo‘lbog‘, govrapo‘sh, choyshab kerak bo‘ladi. Govrapo‘sh mavsumga qarab duxobadan (qishki), ipak mato yoki surpdan (kuzgi, bahorgi), dokadan (yozgi) tikiladi. Qovuz tariqdan, sholi, suli yo bug‘doy po‘stlog‘idan tayyorlanadigan maxsus ko‘rpachadir.

 

Beshikning ona allasiga monand bir maromda tebranishi chaqaloq ruhiyatiga  ijobiy ta’sir qiladi. Tuvak va sumak borligi sababli go‘dakning tagi doimo quruq bo‘ladi, uyqusi buzilmaydi. Beshikda yotgan chaqaloqning suyaklari to‘g‘ri rivojlanadi. Ona bolasini beshikning o‘ng va chap tomoniga o‘tib emizgani bois chaqaloqning boshi to‘g‘ri rivojlanadi. Beshik – asrlar davomida qo‘llanib kelayotgan milliy qadriyatlarimizdan. U haqda Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” asarida (XI asr) ham ma’lumotlar bor. XV asrga xos miniatyura asarlarida ham beshik suvratini ko‘rish mumkin.

 

“Beshik bolasi – bek bolasi”, deydi xalqimiz. Beshikdan momolarimiz o‘rgatganday to‘g‘ri foydalanish kerak. Chaqaloqni har xil tashqi ta’sirlardan himoya qilishda beshikka yetadigani yo‘q. Jumladan, beshik haroratni me’yorida saqlaydi, umurtqa suyaklari tekis o‘sadi, chaqaloq qo‘lga o‘rganib qolmaydi. Yumshoq ko‘rpacha ustiga qo‘yilgan beshik yaxshi tebranadi.

 

 

Momolarimiz sumakni ishlatishdan oldin olovga tutib, zirapchalardan tozalab, yog‘ga botirib olishgan. Bunday qoidalarga rioya qilish turli kasalliklarning oldini oladi. Govrapo‘shning tabiiy matodan bo‘lishi bolaning nafas olishiga to‘sqinlik qilmaydi. Uni vaqti-vaqti bilan ochib, beshikni shamollatib turish kerak.

 

Beshik tagiga solingan ko‘rpacha yupqa va paxtadan bo‘lishi kerak. Qo‘lbog‘larni o‘rtacha bog‘lash lozim. Siqib bog‘lansa, qon aylanishi  buziladi, suyaklar qiyshiq o‘sib qolishi mumkin. Yostiqcha balandligi  ham o‘rtacha bo‘lishi shart. Beshikda yotgan bola emizilganida og‘zidan sut qayt qilsa, beshikni tebratmaslik kerak.

 

Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, bosh miyasi shikastlangan, kindigiga o‘ralib yoki chala tug‘ilgan, tug‘ma kasalliklar bilan dunyoga kelgan, chanoq-son bo‘g‘imi qiyshiq o‘sgan go‘daklarni beshikka belash mumkin emas.

 

Oygul UBAYDULLA QIZI

oyina.uz

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 40
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 223
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 514
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219173
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104693
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 35298
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27538
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 27446
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 26612
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 25355
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 22594
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//