Bilasizmi?
Mahmudxo‘ja Behbudiy
“To‘y va ta’ziyag‘a sarf qilinaturgon oqchalarimizni biz, turoniylar, ilm va din yo‘lig‘a sarf etsak, anqarib ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va o‘zimiz-da, dinimiz-da obro‘y va rivoj topar. Yo‘q, hozirgi holimizg‘a davom etsak, din va dunyog‘a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz bo‘lmaydur”.
“Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasi,
“Oyina” jurnali, 1915-yil
“Makotib – taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng avval makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan mahrum qolub, sanoye’ va maorif salohi ila qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko‘rolmas”.
“Ushbu tamaddun asrida ilmsiz quruq taassub ila ham yashab bo‘lmas. Chunki zamonamiz shunday zo‘rki, ozgina fursatda churuk taassubotimizni asosidan qo‘parub tashlaydur. Shuning uchun zamonaning muhlik asbobig‘a qarshu muqovamat etadurgon bir narsa bor bo‘lsa, ul-da maorifdur”.
“Muhtaram yoshlarg‘a murojaat” maqolasi,
“Oyina” jurnali, 1914-yil
“Boshqa millatlarga qaralsa ko‘rilurki, muntazam maktablari bor va avval maktabda diniy ilm ustida dunyoviy ilm va fanlar ham o‘qilur. Chunki dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga poymol bo‘lur”.
“Ehtiyoji millat” maqolasi,
“Samarqand” gazetasi, 1913-yil
“Bir karra diqqat qilib, mahalla-ko‘y va qishloq xalqlariga qaralsun. Avomlik, beilmlik naqadar ko‘paygan. Biz musulmonmiz. Musulmonlikg‘a ilm lozim, amal lozim. O‘qumoq kerak, nima uchun boshqa millatlarda yuza bir nafar besavod yo‘q ekan, biza yuza bir nafar savodlik yo‘q?”
“Boshqa millatning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosiga tobe’ ekan, bizni ulamo bil’aks avomga tobe’dur? Buning oxiri xarobdur. Yigirma, o‘ttiz sana so‘ngra yana yomonroq bo‘lur, musulmonlik, ilm va odob ila qoim. Millat axloqi, fazl va hunar ila boqiy qolur”.
“Millatlar qanday taraqqiy etarlar?” maqolasi,
“Samarqand” gazetasi, 1913-yil
“Yozganlarimizni buzuqligi va fikrimizni xatoligi, ishimizni noqisligini biror kishi ko‘rsatsa, achchig‘imiz kelur. Va ul odamni dushman ko‘rub, shaxsidan nafrat va fikriga norozilik bayon etarmizki, bul bizni yangidan ishga boshlaganimizdan, boshqa til ila noqisligimizdandur”.
“Tanqid – saralamoqdur” maqolasi,
“Oyina” jurnali, 1914-yil
“Teyotr ibratnamodur, teyotr va’zxonadur, teyotr ta’zir adabidir. Teyotr oyinadurki, umumiy hollarni anda mujassam va namoyon suratda ko‘zliklar ko‘rub, kar-quloqsizlar eshitib, asarlanur”.
“Teyotr nadur?” maqolasi,
“Oyina” jurnali, 1914-yil
“Tarix ko‘p ahamiyatli va foydali bir narsadur. Tarixning foydalaridan ba’zisi ushbudurki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l ila taraqqiy etganin o‘qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo‘lub ketganin o‘qub mundan ham istifoda etmak mumkindur”.
“Agarda muhtaram noshir va kitobchilarimiz mundan so‘ng axloq buzguvchi oshiqona g‘azallar va sof e’tiqodlarni zaharlandiruvchi xurofotlik afsona kitoblar o‘rnig‘a moʻtabar tarixiy, axloqiy va adabiy risola va kitoblar nashr etmoqg‘a tashabbus etsalar, shoyad bu xayrli ishlari avvalgi gunohlarining yuzini yopar”.
“Turkiston tarixi kerak” maqolasi,
“Oyina” jurnali, 1914-yil
“Bir zamon kelurki, navbat boshqalarg‘a tegar, bul dunyoning odatidur”.
“Tarixi ixtiroi bashar” maqolasi,
“Oyina” jurnali, 1914-yil
“Oxirgi vaqtlarda biz turkistonlilar tijorat, hatto ziroat va do‘kondorlik ishlarinda na uchun sinarmiz, ya’ni iflos etarmiz. Muning eng birinchi sababi ilmsizlik, to‘g‘risi aqlsizligimizdur. Ore, bilib turub o‘z zararini qilmoq aqlsizlikdur”.
“Zo‘raki boy” maqolasi,
“Oyina” jurnali, 1914-yil
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q