Jahon adiblari yozuvchilik sirlari haqida


Saqlash
00:01 / 15.01.2022 0 2051

Asar yozayotganda “ko‘p” emas, “haddan ortiq” yozing. Chunonchi, muharriringiz undagi so‘zlarni xuddi siz xohlagandek almashtira, qisqartira olsin.

Asarni yozishga kirishish uchun eng maqbul vaqt – uni xayolingizda yozib tugatgan vaqtingizdir. Unutmangki, shundagina siz nimani nazarda tutayotganingizni aniq va mantiqiy tushunib yetasiz hamda ommaga yetkazasiz.

Fikr hammada bor. Lekin o‘sha fikrni bir necha sahifada emas, bitta xatboshida ifodalash har kimga ham nasib etavermaydi.

“Ayol qichqirdi”, deb yozmang. Uni shunday ahvolga solingki, o‘zi “dod”, deb yuborsin.

Yodda tuting, buyuk kitoblar chiroyli tiliga qarab emas, balki uslubi va mohiyatiga qarab baholanadi.

Mark TVEN

  

Qaysidir o‘quvchining siz uchun ajratgan vaqtini bekorga sarflamang.

O‘quvchi tez va oson anglay olishi mumkin bo‘lgan qahramonlarni yarating.

Albatta, hikoyaning boshlanishi oxiriga mantiqan mos kelishi lozim.

Sizning hikoyangiz qahramoni asar avvalida darhol biror narsa qilishi kerak, deylik, bir stakan suv ichishi zarur. Bu orqali qahramonning xarakterini ko‘rsatish yoki harakatini tasvirlash kerakligini unutmang.

Qahramonlaringizga shafqatsiz munosabatda bo‘ling. O‘quvchi uni yaxshi ko‘rishi uchun chorasiz va umidsiz vaziyatlarga soling.

Mojaroning sababini sir saqlashga urinmang, barcha ma’lumotlarni darhol oshkor qiling. Basharti, oshxonadagi zararkunandalar asaringizning oxirgi sahifasini yeb yuborguday bo‘lsa, o‘quvchining o‘zi hikoyani erkin yakunlay olsin.

Kurt VONNEGUT

 

Asar qahramoni noodatiy odam bo‘lsin, ana shunda siz odatiy tasvirni yaratgan hisoblanasiz. Agar siz odatiy tasvirdan boshlagan bo‘lsangiz, bilib qo‘yingki, siz hech narsa yaratmagansiz.

Asarni faqat bir kishi o‘qishi uchun yozayotgandek yozing. Chunki hammaga yoqishga urinsangiz, yozgan hikoyangizni o‘limga mahkum qilgan sanalasiz.

Frensis Skot FITSJERALD

 

O‘quvchi siz o‘ylagandan ko‘ra ancha aqlliroq. Hikoyaning shakli va vaqti ustida tajriba qilishdan qo‘rqmang. Shuningdek, o‘quvchini hayratga solish siz o‘ylagandan ham qiyinroq ekanini esdan chiqarmang.

Yozayotganda voqealarni shoshilmay yozing, finalni ham cho‘zmang. Siz ko‘proq keyin nima bo‘lishini o‘ylang. O‘quvchi esa bundan keyin sodir bo‘ladigan narsani bilishi shart emas. Aslida, agar aynan siz buni bilsangiz, ular nimani o‘ylayotganini tasvirlash juda qiyin bo‘ladi.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘zingiz o‘qishni istayotgan kitobni yozing...

Chak PALANIK 

 

Rahmat BOBOJON tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 642
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 889
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231248
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111691
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 63616
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53093
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48293
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38556
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36861
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 34039
“Avesto”

//