Mehr-muhabbat haqida ta’sirli uch voqea


Saqlash
16:01 / 12.01.2022 0 3853

Zamon rivojlangani sari odamlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat rishtalari kamayib borayapti, deyishadi. Ammo bu rishtalar hech qachon o‘lmasligiga atrofimizda ko‘plab misollar topiladi. Bugungi qahramonlarimiz ham ana shunday tuyg‘ular tufayli baxtga erishgan insonlardir.

 

Tilanchini ovqatlantirgan qiz

 

Yo‘limizda nochor va gadolar uchrab turadi. Ko‘p hollarda odamlar ularga e’tiborsiz o‘tib ketishadi. Agar ularga chin dildan ko‘mak bersangiz, atrofdagilar sizga g‘alati nazar bilan qarashadi.

Mariya ismli texaslik qiz restoranda ishlaydi. U garchi restoran qoidalariga xilof bo‘lsada, uysiz kambag‘al odamlarni qornini to‘ydiradi, harajatlarini o‘z yonidan to‘laydi. Bir kuni yo‘lakda yana bir tilanchi ko‘rindi. Ko‘rinishidan anchadan beri yuvinmagan, kiyimlari ham irkit. U stolga yaqinlashib o‘tirdi, ammo hech kim unga xizmat ko‘rsatmadi. Xo‘randalar ham o‘zlarini nari olishdi. Mariya tabassum bilan tilanchi mijozni qarshiladi. Buyurtma olib taom keltirdi. Qolganlar bu manzarani hayron bo‘lib kuzatishardi. Boshqaruvchi Mariyaga agar mijozda pul bo‘lmasa, o‘zing to‘laysan, deb ogohlantirdi. Qiz rozi bo‘ldi.

Gʻalati mehmon taomni yeb bo‘lgach, hisob qog‘ozini so‘radi. U nafaqat pul to‘ladi, balki choychaqa uchun Mariyaga yuz dollar ham qoldirdi. Hech kim tilanchida buncha pul borligini kutmagandi. Yanayam hayratlisi shundaki, u stolda xat qoldirgandi. “Siz baxt sirini ochdingiz. Gʻamxo‘rlik hamisha hayot yo‘lingizda hamroh bo‘lsin”, degandi mijoz.

Ma’lum bo‘lishicha, bu tilanchi aslida restoran egasi ekan. Xizmat ko‘rsatish darajasini va taomlar mazasini tekshirish uchun atay shunday qilgan ekan. Mariya u kutgan hurmatga loyiq ish qildi. Bu voqealardan so‘ng Mariyani boshqaruvchi qilib tayinlashdi.

 

Ikki yil dunyodan uzilgan oila

 

762 kun hech kim bilan ko‘rishmay, ishga bormay, do‘konga chiqmay, jamiyatdan uzilgan holda yashashni tasavvur qilib bo‘ladimi? Bu odamlar shunday qilishga majbur bo‘lishdi, sababi kichik qizlarining hayoti shu sinovga bog‘liq edi. Qizchada kamdan kam uchraydigan ruhiy va jismoniy anomaliya – Sanfilippo sindromi kuzatildi, unga ko‘ra bemor yurishi, gaplashishi, mustaqil ovqatlanishi cheklangandi. Bunday bemorlar ko‘pincha balog‘at yoshida vafot etishi tahmin qilingan.

“Bu juda mashaqqatli edi. Bu sinovning oxiri qanday tugashini bilmasdik. Ammo boshqa choramiz yo‘q edi”, deydi qizning otasi Glen O.Nil.

Eliza Sanfilippo sindromiga chalingan dunyodagi birinchi bemor edi. U olti oy davomida shifokorlar nazoratida bo‘ldi, bu paytda oilasi va dunyodan uzib, alohida saqlandi. Alohida saqlangan qizchaning organizmi shu holatda genlar uchun ozuqa bo‘lgan xavfsiz virus ishlab chiqara boshladi. U odamlar ichiga kirsa, mikrob va bakteriyalar uni halok qilardi. Bu paytda qiz olti yoshda edi. Yarim yildan so‘ng izolyasiyani yana davom ettirish kerakligi aytildi. Endi u o‘z uyida, oila a’zolari bilan birga yashar, ammo butun oila tashqi olamdan uzilishi kerak edi. Oradan 454 kun o‘tdi, oila hamon uydan chiqmas, tashqaridagilar bilan muloqot qilmas edi.

“Vaqt o‘tgan sari qiynalib borardik. Bunday uzoq muddat olamdan uzilib qolish xayolimizga kelmagandi. Yarim yil emas, ikki yilga cho‘zildi, deydi Glen. Ammo bunday kamyob kasallikka davo topish uchun uzoq vaqt kerak ekan, bu qizimizni o‘limga mahqum etgandan ko‘ra yaxshi chora edi.”

2015 yilda yangilik eshitishdi: yil oxirida ular izolyasiyadan ozod bo‘lishadi. Garchi birov kafolat bermasada, umid bor edi. Ular soniya sanab kun o‘tkazishdi. 2016 yilda uzoq muddat ishga kelmagani uchun Glenni ishdan haydashdi. (Keyinchalik u Sanfilippo fondiga direktor bo‘ladi).

Nihoyat, uy qamog‘i yakuniga yetdi.

“Tashqi olamga chiqqach avvaliga do‘konlarni aylandik, bari juda g‘aroyib tuyulardi, – deydi Glen. – Odamlar orasida bo‘lish baribir zavqli edi”.

Elizaga yangi dori berishdi. To‘rt oy davomida davolandi. Ota-onasining aytishicha, u ancha xotirjam, boshqalarni tushunadi, ammo hali o‘zi tilga kirganicha yo‘q.

“Eliza ko‘p vaqtni boy berdi. Birinchi o‘rinda bu kasallik miyani yemiradi. Endi esa shifo topayapti, ko‘zlarida ma’no bor. Biz umidni yo‘qotmaymiz”. 

 

 

O‘g‘lini yolg‘iz qoldirmadi

 

Bolalar hamisha ota-onalari uchun yosh bola bo‘lib qolaverishadi. Hatto yetmishga kirgan chol ham o‘z onasining mehridan bahramand bo‘lyapti. Ada Kiting to‘qson sakkiz yoshga kirgan vaqti Liverpuldagi qariyalar uyiga ko‘chib keldi, sababi bu yerda Tom ismli yetmish yoshli o‘g‘li istiqomat qiladi. U farzandi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun bu yerga kelgan.

“Har oqshom men Tomning xonasiga kiraman, unga xayrli tun tilayman, – deydi Ada. – Ertalab esa xayrli tong deyman. Nonushtaga ketishdan avval ogohlantirib qo‘yaman. Biror yerga chiqsam, u meni sabrsizlik bilan kutadi. O‘g‘lim meni yaxshi ko‘radi, unga ona bo‘lishdan sira  charchamayman”.

Tomning aytishicha, u onasi kelganidan xursand, endi ko‘p vaqtlari birga o‘tyapti. Ona o‘g‘liga g‘amxo‘r, hatto tanbeh ham berib qo‘yadi.

Ada va Tom qarindoshlarnikiga ham mehmonga borib turishadi. Qariyalar uyi direktori Filipp Denielz shunday deydi: “Ada va Tomning mehr rishtalari mustahkam ekanini ko‘rib ta’sirlanaman. Bola va ona qariyalar uyida birga yashashi kamdan kam uchraydi.”

 

Nodirabegim tarjimasi

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 12
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 14
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 93
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 197
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 514
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 932
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218663
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104448
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33582
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27247
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26229
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24733
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24715
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21607
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//