Xorazm va Afg‘onistonni bog‘lagan umr yo‘li


Saqlash
15:08 / 19.08.2021 0 2017

Yurtimizdagi ko‘plab allomlarimizning ijod va ilm maktablari, haykallari, nomlari bilan ataluvchi inshoot-u ko‘chalar haqida yaxshi bilamiz. Ammo ularning asl xoki yotgan qabrlar haqida to‘liq ma’lumotga egamizmi? Ularning bizgacha yetib kelgan kitoblari haqida-chi?

Sharqda ilk Uyg‘onish davrining qomusiy olimlaridan biri  Abu Rayhon Beruniy — 973-yil Xorazmning Kat shahri (hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahri)da tug‘ilgan bo‘lib, XI asrning mashhur qomusiy olimlaridan biri hisoblanadi. Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Xorazmning mashhur kishilari”, “Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Dorivor oʻsimliklar haqida kitob” kabi ko’plab yirik ilmiy va falsafiy asarlar yaratgan, ammo uning 152 asaridan hozirgi davrgacha faqat 30 tasi yetib kelgan. Beruniy o‘zining “Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash” kitobida hozirgi Amerika qit’asining mavjudligini ispan va portugal dengiz sayyohlaridan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan. 

Foto: “Ma’naviy hayot” jurnali / Bobur xalqaro jamoat fondi

2013-yil BBC nashrida Afg‘onistondagi ajdodlarimiz ko‘milgan joylar, xususan, G‘azna shahrida joylashgan Beruniy qabri ta’mirlanishi haqida xabar berilgan edi. Bunga UNESCO xalqaro tashkiloti ham bosh-qosh bo‘layotgani ham ta’kidlangan. 2016-yilda esa qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning qabri qarovsiz ahvolda qolgani haqida Bobur xalqaro jamoat fondi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Zokirjon Mashrabov ma’lum qilgan.

 

Afg‘onistonlik jurnalist Abdul Haq Rahimi bilan bog‘lanib, Beruniyning qabri ta’mirlanishi va ziyoratgoh maskanga aylantirilishi rejalashtirilgani haqida ma’lumot oldik.

Qabrning rejalashtirilgan ta’mirdan keyingi holatining maketi
Foto: Abdul Haq Rahimi

 

Mamlakatdagi turli notinch vaziyatlar ulug‘ ajdodlar yotgan muborak joylarga ziyon yetkazmaydi degan umiddamiz.

 

Eslatib o‘tamiz: Afg‘onistonda Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod kabi ajdodlarimiz qabrlari ham bor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 61
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 450
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229054
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110429
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 60162
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 48362
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 44051
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37142
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35242
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32321
Kompetentlik

//