Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon


Saqlash
15:02 / 28.02.2025 0 1010

Milliy ensiklopediyaga koʻra, Shimoliy Amerika va Yevrosiyoda bu rezavor mevaning 400 dan ortiq turi uchraydi. Shulardan 90 turi, asosan koʻk maymunjon va mayda mevali maymunjon turlari Oʻrta Osiyoda ham bor. Maymunjon Oʻzbekistonning togʻoldi mintaqalarida, dalalarda oʻsadi, tomorqa va bogʻlarda oʻstiriladi. Mintaqamizda tarqalgani sabab mevaning oʻzbekcha nomi bizga bir qadar tanish. Ammo uni ruscha nomi bilan “yejevika” deb ataydiganlar ham yetarlicha topiladi.

 

Maymunjon shevada parmanchak yoki parmachak deyiladi. Bu atama ilmiy tilga ham koʻchib oʻtgan va adabiyotlarda maymunjon yoki uning turlari uchun ishlatiladi.

 

Koʻk maymunjonning boldirgʻon degan nomi ham bor, baʼzan ilmiy adabiyotlarda u zangori maymunjon yoki parmanchak deb ham beriladi.

 

Qarang, kamyob bu mevaning tilimizda shuncha nomi bor.

 

Orif TOLIB

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 19
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 167
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 77
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 217
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 179
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235959
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114867
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68600
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57750
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52108
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40971
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39853
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//