Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat


Saqlash
14:02 / 28.02.2025 0 728

Dabdurustdan kimdir “Xoʻjagʻat nima?” deb soʻrab qolsa, javob topolmay qolamiz. Bu soʻzni biladigan-ku uncha-muncha topilar, lekin ishlatadigan topilarmikan? Asosan kitoblar va maqolalarda uchraydigan xoʻjagʻat atamasi – siz-u bizga yaxshi tanish malinaning oʻzbekcha nomi. U butaning oʻzini ham, mevasini ham anglatadi. Xoʻjagʻat Oʻrta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, AQSH va Yevropa mamlakatlarida oʻstiriladi.

 

Oʻzbekchada bu rezavor mevaning boshqa bir nomi ham bor – buldurgʻun. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, koʻk maymunjonni anglatuvchi boldirgʻon soʻziga yaqin, uning talaffuz varianti. Har ikki meva bitta turkumga oid boʻlgani sababli soʻzlar almashlab ishlatilgan boʻlishi mumkin. Lekin baribir talaffuzda farq yuzaga kelgan va ular alohida soʻzlarga aylangan.

 

Xoʻjagʻat, buldurgʻun soʻzlari ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarda uchrasa-da, tilimizda qoʻllanmaydi hisob. Hatto ensiklopediyalar, kitob va qoʻllanmalarda ham asosan malina soʻzi ishlatiladi. Xoʻjagʻat va buldurgʻunni oʻz uyida xoʻjayin boʻla olmagan soʻzlar deyish mumkin.

 

Orif TOLIB

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 18
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 166
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 76
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 217
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 179
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235959
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114866
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68597
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57750
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52108
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40970
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39849
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//