Yetti va hafta


Saqlash
12:02 / 27.02.2025 0 701

Hafta forscha soz. Xosh, hafta sozi bizning tilimizga kirgunga qadar vaqtning bu bolagi muloqotimizda qaysi soz bilan ifodalangan? Bizda qadimda haftani yetti deyishgan. Haftaning bunday atalishi hozir ham tilimizda ayrim holatlarda saqlanib qolgan. Vafot etgan odamning yettisini o‘tkazish marosimi bor. Bu marosim marhumning vafotiga bir hafta to‘lganda bo‘lib o‘tadi. “Yettisini berdi” degani marhumning haftaligini berdi degani. Yetti so‘zi juda qadimiy bo‘lib, ham shaklan, ham mazmunan o‘zgarmay qolgan so‘zdir. Eng qadimgi “Kultigin”, “Bilga xoqon bitiktoshlarida bu so‘z “yәti” shaklida kelgan. Kultigin “qirq artuq yәti yashin”da, ya’ni qirq yetti yoshida vafot etgan.

 

Forsiydagi hafta so‘zi ham asli “haft” yetti ma’nosini anglatadi. Nizomiyning “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”), Jomiyning “Haft avrang” (“Yetti taxt”) dostonlaridagi haft so‘zi ham shu ma’noda.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

 

Foto: Abdumannon Muhammad

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

11:06 / 12.06.2026 0 24
Ignani qayerdan izlaysiz?

Hikmat

10:06 / 12.06.2026 0 151
O‘g‘lim, men oxirgi vagondaman...

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 352
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235247
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114503
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68377
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57448
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51802
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40555
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39708
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39618
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//