Tutilgan tutqun


Saqlash
16:02 / 19.02.2025 0 822

Arabchadagi asir so‘zining sof o‘zbekchasi tutqundir. Bu ikki so‘z ham tilimizda faol qo‘llanadi va bir xil ma’noda yuritiladi. Faqat asir so‘zini ko‘proq ishlatamiz. Tutqun so‘zining ildizi so‘zning shaklidan aniq ko‘rinib turibdi. “Tutib olmoq” mazmunidagi tut fe’liga “-qun” qo‘shimchasi qo‘shilib, “tutib olingan” ma’nosidagi tutqun so‘zi hosil bo‘lgan. G‘ani Abdurahmonov va Alibek Rustamovning “Qadimgi turkiy til” kitobida jamoa ma’nosidagi tergin so‘zi ham shu usulda yasalganligi aytib o‘tilgan. Biz hozirda “terma jamoa” deymiz. Qadimda “terma jamoa” terib olingan degan ma’noda “tergin” so‘zi bilan ifodalangan.

 

Shu o‘rinda, tariximizning VII-XIV asrlarida “tutmoq, qo‘lga kiritmoq, o‘lja qilmoq” ma’nosidagi bul fe’lidan -(u)n affiksi yordamida yasalgan va “tutqun, bandi” ma’nosini ifodalagan bulun so‘zining keyinchalik asir va tutqun so‘zlarining faollashuvi natijasida tilimizdan chiqib ketganini va tamom unutilganini eslab o‘tmog‘imiz joyizdir.

 

Eshqobil SHUKUR

 

“Boboso‘z izidan” kitobidan olindi.

 

Foto: Abdumannon Nurmuhammad

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 161
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 74
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 216
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 179
“Tun”dagi “kun”

Hikmat

11:06 / 12.06.2026 0 329
Ignani qayerdan izlaysiz?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235952
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114862
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68592
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57748
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52105
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40965
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39848
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39792
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//