Etimologiya: Tush so‘zi qadimda “kunduz” ma'nosida qo‘llangan


Saqlash
10:02 / 12.02.2025 0 818

Tun so‘zi “qorong‘ulik, kecha” ma’nosini anglatishi ma’lum. Xo‘sh, tunga uyqash tush yoki uning ziddi kun so‘zi qanday paydo bo‘lgan? Bu so‘zlar ham bekorga ohangdosh emas. Ma’lumki, tilimizda tush so‘zining ikki xil ma’nosi bor, ya’ni tush payti ma’nosidagi tush va tush ko‘rish ma’nosidagi tush (tush fe’li bundan mustasno).

 

Qadimda tush so‘zi “kun, kunduz” degan mazmunda kelgan. “Oltoy-Olatog‘ lug‘ati”da yarim tun – “o‘rta tun”, tush payti – “o‘rta tush”, shimol – “tun yoni”, janub – “tush yoni” deb ifodalangan. Shuningdek, sutka ma’nosidagi bir kun – “bir tun, bir tush” deyilgan, bu xuddi “bir kecha-kunduz” kabi. Demak, biz tush payti ma’nosida qo‘llaydigan “tush” so‘zi “kun” degani.

 

Endi tush ko‘rish mazmunidagi “tush” so‘zi haqida ayrim mulohazalarimizni aytib o‘tsak. Ma’lumki, odam uxlaganda tush ko‘radi. Modomiki, “tun” – qorong‘ulik ekan, uyqu ham aslida qorong‘ulik, ya’ni tun. Tushning tub ma’nosi kun bo‘lsa, u holda tush ko‘rish “tunda kunni ko‘rish” degan ma’noni anglatar, balki. Yo‘q, keyin bu haqda o‘ylab ko‘rdim. Bu faraz aniq asosga ega emas. “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da ham tush so‘zining paydo bo‘lishi haqida yurakni jizillatadigan biror mulohazani uchratmadim. Bu lug‘atda tush so‘zi qadimgi uyg‘ur tilida “yostiq, to‘shak” ma’nosini anglatgan tü:l-it so‘zidan yoki qalmoq tilida “bashorat” ma’nosini ifodalagan tölgü so‘zidan degan farazlar bor. Lekin ularda aniq asosni ko‘rolmadim. Hayotdagi g‘aroyib ruhiy hodisani ifoda qilgan tush so‘zining tub ildizi topilsa, ancha sirlar oydinlashardi deb o‘ylayman.

 

Shuningdek, “Oltoy-Olatog‘ lug‘ati”da “tush” so‘zining “joy, vaqt, hodisa, holat, uchrashuv” kabi ma’nolari borligi ham ta’kidlab o‘tilgan.

 

Mahmud Koshg‘ariy “tun” so‘zi kecha ma’nosidan tashqari “tinchlanish”, “osoyishtalik” ma’nosini anglatishi haqida aytib o‘tgan.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

 

Foto: Abdumannon Muhammad

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 126
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 439
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 393
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 718
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 429
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233490
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113029
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66565
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55865
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50228
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39288
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38711
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37852
“Avesto”

//