Qarg‘ish asli qoralashmi?


Saqlash
09:02 / 05.02.2025 0 1085

O‘zbek xalq og‘zaki ijodida qarg‘ish kichik bir janr darajasiga yetgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Faqat ular yetarli darajada to‘planmagan, sochilib yotibdi. Muhabbat bor joyda alqash bo‘lgani kabi, nafrat bor joyda qarg‘ish ham bor. Qarg‘ishni biz asosan la’natlash ma’nosida tushunamiz. Manbalar ham bu so‘zning asosini shu mazmundagi ildizga olib borib taqaydi. “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da ham bu so‘z ildizidagi qar, kar, qara so‘zlari “la’natlash, orqadan zarba berish, g‘iybat, haqorat” ma’nolarida keladi deyilgan. Tilshunos M.Ryasyanen bu so‘z ildizini mo‘g‘ul tiliga ulaydi.

 

Menimcha, qarg‘ish so‘zining ildizida qora so‘zi bor. Chunki qadimdan “go‘rni” qora o‘rin, “fojiani” qora kun, “tolesizlikni” baxti qora kabi atashlar bizda bo‘lgan. Hozirgacha barcha yomonliklarga qora so‘zi aralashib keladi. “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da faqat bir o‘rinda qarg‘ish so‘zining ildizi “qoraga bo‘yash” ma’nosida izohlangan. Xalqimizda Oq degani – olqish, qora degani – qarg‘ish degan ko‘hna maqol ham bor.

 

Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida Qulog‘im yolqibon el qarg‘ishidin degan misrani bitgan. Misradagi yolqi so‘zi “batang qilmoq”, “quloqni charchatmoq”, tilimizdagi bir ibora bilan aytganda, “quloqni yeb qo‘ymoq” ma’nosini anglatadi. “Devonu lug‘otit turk”da qarg‘a qarg‘amoqni, qarg‘aq esa qarg‘ish, la’natlash va g‘azabni anglatishi haqida aytilgan.

 

Eshqobil SHUKUR

 

Boboso‘z izidan kitobidan.

 

Foto: Abdumannon MUHAMMAD

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 138
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 500
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 275
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 451
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 867
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232528
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112393
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64753
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54686
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49225
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38984
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37912
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36426
“Avesto”

//