Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman


Saqlash
17:11 / 21.11.2024 0 873

Xayol chalg‘ib yo‘l chetida turgan bir moshinani turtib yubordim. Tushib qarasam, egasi yo‘q ekan. Eshigiga raqamimni yozdim-da, yo‘limda davom etdim. Besh daqiqa o‘tar-o‘tmas telefonim jiringladi, oldim, ayol kishi: “Assalomu alaykum, moshinamni turtib ketibsiz, kelasizmi?” dedi. Hozir boraman, dedim va dilimda iliqlik paydo bo‘ldi. Chunki bunaqa payti moshinasi shikast yeganlar dag‘dag‘a qiladi, – bunga haqqi bor. Bu ayol esa gapni salom bilan boshladi.

 

Yetib borganimda yoshgina juvon boyagi moshinaning oldida turgan ekan. Bir oy bo‘ldi salondan chiqqaniga, dedi kulib, so‘ng eriga telefon qilib go‘shakni menga tutqazdi. Eri ham odob bilan gap boshladi. “Mashinani urgan joyingizni suratga olib telegramdan tashlab bering, ustalar bilan gaplashib, narxini aytaman”, dedi. “Gai chaqiramiz, unday qilaman, bunday qilaman”, demadi. Yap-yangi Onexni turtgan ekanman. Rasmga olib tashlab berdim. Rosti, bunaqa ishkallarni ko‘p eshitganman, kamida uch million xarajat mo‘ljallab turuvdim. Yo‘q, unday bo‘lmadi. “Aka, siz ham bu ishni ataylab qilmadingiz, sizniyam bola-chaqangiz bor, og‘rinmang, usta bilan gaplashdim, rozi bo‘lib ayolimga 400 ming berib keting, bo‘ladi”, dedi. Uning gapini eshitib, gapirolmay qoldim. Uning o‘rnida men bo‘lsam shunaqa dermidim, boshqa bo‘lganda-chi?

 

U aytgan pulni berib, rahmat aytdim va ketdim. Ertasi kuni o‘zimning moshinamning qirilgan joyini tuzatish uchun ko‘pchilik tavsiya qilgan bir ustaning oldiga bordim. Usta 60 lardan oshgan kishi ekan. Moshinamni ko‘zdan kechirib bo‘lgach, 4 kun tashlab ketasiz, 3 yarim million bo‘ladi, dedi. Juma kuni dam olaman, bezovta qilmaysiz, deb qo‘shimcha qildi yana.

 

Xo‘p, dedim va to‘g‘ri Farhod bozori yonidagi avtoustalar makoniga bordim. U yerda qirilgan, turtilgan moshinalarni tuzatadigan yigitni aytishgandi. Ismi Fazliddin ekan, yoshi 25 lar atrofida. Moshinamni ko‘rgach, bir soatda oyday qilib beraman, 300 ming bo‘ladi, dedi...

 

Men ikki kunda ro‘y bergan bu voqealardan juda ta’sirlandim.

 

Endi men so‘zda bor-u, amalda yo‘q kattalarga emas, so‘zi, amali, insofi bor mana shunday yoshlarga ishonaman. Ular yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman. Insofdan ayrilmagan yoshlarga ta’zim qilaman. Jumani pesh qilib, bez bo‘lib og‘ziga kelgan pulni so‘raydigan, insof-u iymonini yeganlardan O‘zi asrasin.

 

Maqsud JONIXONOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1189
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 186
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 220
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 169
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 180
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 222896
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106615
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 47628
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36647
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 34858
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29508
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28414
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28203
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//