Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi


Saqlash
15:11 / 08.11.2024 0 2390

Bir odamning yetti o‘g‘li bor edi. Yettisi ham pahlavon bo‘ldi. Yettovi yetti tarafdan bosh ko‘tarsa, yer zirillardi. O‘g‘illari shuncha quvvatli bo‘lsa-da, ota xoksor edi. U birovning ko‘ngli og‘riganini ko‘rsa, mutaassir bo‘lib yig‘lardi. Odamning xo‘rlanganini hech qachon menga ko‘rsatmasin deb o‘tinardi.

 

Bir kuni ota bir musofirga duch keldi. Va uni mehmon qilib, uyidan bir kecha joy berdi. Noshud musofir shu kecha uning bor budini shilib ketdi. Cholning bor yo‘g‘i birgina qo‘yi qoldi. O‘g‘illari g‘azabga minib, chor tarifni ostin-ustin qilib, o‘g‘rini tutib, ota hukmiga topshirdilar. Ota noshudning yuziga qaray olmay yig‘ladi... Va o‘g‘illariga uyida qolgan bitta qo‘yni ham o‘g‘riga berishga buyurdi. Yetti pahlavon yetti tarafga hayron boqdilar. Lekin otasining hukmi hukm. U aytdi: “Men bu bandadan odamlik izlagan edim. Lekin undan mollik topdim. Mol mol bilan mamnun ekanmi, unga molni bering”.

 

O‘g‘ri oson qutilganiga echkisi egiz tuqqanday shod bo‘ldi.

 

Yetti yildan keyin o‘sha o‘g‘ri otaning huzuriga yetti bukilib keldi. O‘ksinib-o‘ksinib gapirdi: “Mening ham yetti o‘g‘lim bor edi. Yettisi ham odam bo‘lsin deb, o‘zim ularni boqdim. Yettovi ham mol bo‘ldi, o‘g‘ri bo‘ldi. Yettisi yetti zindonni obod qilib o‘tiribdi. Sening qarg‘ishing tegdi”.

 

Ota yana mutaassir bo‘lib ko‘p yig‘ladi. Odam bo‘lib birovni qarg‘amaganman, dedi. O‘g‘ri: “Nimaga yig‘layapsan?” deb so‘radi. Chol: “Sen va sening bolalaring uchun yig‘layapman” dedi. O‘g‘ri yana so‘radi: “Endi nima qilay?” Chol javob berdi: “Xoksor bo‘l-da, yig‘lashni o‘rgan. Birovlar uchun ham yig‘lashni o‘rgan. Shunda sening ko‘z yoshlaring yetti maxluqdan yetti odamni chiqaradi”.

 

Eshqobil SHUKUR

 

O‘zligim o‘zbekligimturkumidan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 207
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 223
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 136
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 235
Vafo va vafot

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 266
Hadaha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236271
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115085
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68724
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57887
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52273
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41103
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39948
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39910
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//