“Beshbattar”dagi besh nima?


Saqlash
17:10 / 23.10.2024 0 903

Baʼzi soʻzlar hamisha ham biz oʻylagan yoki taxmin qilgan maʼnoga ega boʻlmasligi mumkin. Bu holat ayniqsa omonimlarda yaqqol koʻzga tashlanadi. Agar biror soʻzning shakldoshi borligini bilmasangiz, uni yanglish tushunishingiz hech gap emas. Beshbattar soʻzi tarkibidagi besh ham xuddi shunaqa soʻzlardan.

 

Biz besh soʻzini asosan son maʼnosida tushunamiz. Shu sababli beshbattar soʻzi maʼnosini besh baravar yomon, besh daraja yomon deb taxmin qilishimiz mumkin. Aslida esa bu soʻz umuman boshqa maʼnoni anglatadi.

 

Beshbattar forschadan kirgan, uning tarkibidagi besh soʻzi koʻp, ortiq, ziyoda maʼnolarini bildiradi. Battar esa yomonroq degani.

 

Beshbattar oʻzbek tilida nihoyat darajada, oʻtaketgan darajada, haddan ortiq; juda ogʻir, qiyin maʼnolarida, salbiy maʼnoni ifodalash uchun ishlatiladi:

 

Qassobning esiga dafʼatan tunov kungi dilxiralik tushib, koʻngli beshbattar gʻash tortdi.

“Yoshlik”.

 

Ey bechoralar... Bu shaharda bizdan ham beshbattar kambagʻallar borga oʻxshaydi.

P.Tursun, “Oʻqituvchi”.

 

Orif TOLIB

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 45
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 377
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 213
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 394
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 803
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232240
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112224
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64439
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54258
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48936
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38819
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37615
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35989
“Avesto”

//