Faqatgina yoningdagi iste’dodlardan ustun bo‘lishga urinma – Uilyam Folknerning yosh qalamkashlarga tavsiyalari


Saqlash
16:08 / 29.08.2024 0 1018

Agar men bo‘lmasaydim...

 

“Agar men bo‘lmasaydim, yozmoqchi bo‘lgan narsani baribir boshqa birov yozardi...” Ayni shu fikr Hemingueyda ham, Dostoyevskiydayam, umuman bizning hammamizda bo‘lgan, desam, mubolag‘a emas. Bunga misol qilib Shekspir pesalarining muallifligiga bir necha kishining da’vogarlik qilishini olaylik. “Hamlet” yo “Yoz oqshomidagi tush” kabi asarlarni kimning yozgisi kelmaydi axir.

 

Ta’sirlanish yomon emas

 

Yozuvchi bir yozish usulini qat’iy tanlamasligi lozim. Unga qayerdan, nima kerak bo‘lsa, “ko‘chirishi” mumkin, faqat buni shaxsan o‘zi ochiq tarzda e’lon qilishi, ta’sirlanganini tan ola bilishi kerak.

 

Iste’dod, intizom, mehnat

 

Ijodning 100 dan 99 foizi iste’dod... Ijodning 100 dan 99 foizi intizom... Ijodning 100 dan 99 foizi mehnat sanaladi. Yozuvchi hech qachon yozganlaridan qanoat hosil qilmasligi darkor. To‘g‘ri, qaysidir ishni yaxshi ko‘rish mumkin. Ammo, hamisha imkoniyatlaringdan-da kattaroq maqsad qilish lozim. Faqatgina yoningdagi iste’dodlar va sevgan mualliflaringdan ustun bo‘lishga urinma. O‘zing ulardan shunchaki o‘zib ketishga harakat qil!

 

Mazmun va uslub

 

Fikrimcha, uslub oz bo‘lsa-da mazmundan kelib chiqqan holda yaratiladi. Yozuvchi xayolini uslub yaratishga ko‘pam qaratmasligi kerak. Agar shunday qilsa, yozganlarining tashqarisi bezak, ichkarisi “tezak” bo‘ladi. Unday asar ko‘zga iliqlik bag‘ishlashi, quloqqa hush yoqishi aniq, biroq mazmunan juda quruq va sayoz bo‘ladi.

 

Yozuvchi birinchi navbatda o‘quvchi bo‘lishi kerak

 

Qo‘lingga nima tushsa o‘qi – hatto, davrning barcha katta-kichik yozarmanlarni, klassiklarning yaxshiyu yomonini, o‘qi, o‘rgan, so‘ngra fikrla, bularning yutuq va kamchiliklarini taqqosla, shundan o‘zingga xulosa chiqar.

Xuddi o‘tinchining shogirdi kabi aynan qaysi daraxtni kesishni, qayerdan kesishni, qaysi g‘o‘la olovga kuchliroq taft berishini o‘rgan. O‘qi! O‘qiganda ham joningga azob berib o‘qi. Keyin esa yoz. Agar yaxshi nimadir chiqsa, nima qilish kerak, o‘zing bilasan, yaxshi chiqmasa derazadan uloqtirib yubor, yo‘qolsin, ketsin...

 

Qarshilik yo‘q...

 

Ba’zida eshitib qolaman, ba’zilar “Turmush qurmasaydim, bolalarim bo‘lmasaydi, katta yozuvchi bo‘lardim”, deya noliydi, yana kimlardir “Falon ishda ishlamasaydim, aniq buyuk shoir bo‘lardim”, deya o‘z-o‘ziga norizolik bildiradi. Men bunday narsalarga ishonmayman! Menimcha, agar sen yozishing kerak bo‘lsa yozasan, amin bo‘lki, bunga hech narsa qarshilik qilolmaydi.

 

Rahmat BOBOJON tarjimasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 507
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 573
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 339
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 310
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227234
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109265
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56721
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 42445
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41257
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32558
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31347
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31315
Alpomish

//