“El”ning “el”ligi nimada?


Saqlash
15:08 / 28.08.2024 0 2048

Tilimizda eng ko‘p ishlatiladigan va eng ko‘p ma’noga ega bo‘lgan so‘z – el so‘zi. Elning “xalq”, “odamlar”, “qabilalar ittifoqi”, “urug‘-aymoq”, “tinchlik”, “murosa”, “do‘stlik”, “davlat”, “hokimiyat” kabi ma’nolari bor. Bu so‘zning tarixi, tub ildizi borasida olimlar turli fikrlarni bildiradilar, turli farazlarni ilgari suradilar. “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da el so‘zi “qo‘l” ma’nosidagi il so‘zidan kelib chiqqan deyiladi. Qo‘lning al, il, ilgi shakllari hozir ham tilimizda, shevalarimizda bor. 

 

Sabr aylasang, murodingga yetarsan,

Nasib bo‘lsa yor ilkidan tutarsan,

– deyiladi “Tohir va Zuhra” dostonida.

 

Ba’zi izohlarda el “ilgida hokimiyat, boshqaruv, rahbarlik bor” degan ma’noni anglatadi deb aytilgan. Qo‘li uzun, Ilgida tutib turadi kabi iboralar ham qo‘lida qudrat bor ma’nosini ifodalab keladi. Alisher Navoiy ham el so‘zini “qo‘l”, “xalq” va “lashkar” ma’nolarida qo‘llagan.

   

El bo‘lmasa, saltanat mumkin emas.

“Tarixi muluki ajam”dan.

 

Mahmud Koshg‘ariyda el so‘zi “el, mamlakat, yurt, kelishuv, eshik” ma’nolarida keladi: iki bӭg birla ӭl boldї – Ikki bek bir-biri bilan yarashdi (kelishib oldi). Xalqimizda “Kirari el, chiqari yov” degan maqol ham bor. Koshg‘ariydan yana bir misol: kӱch ӭldin kirsӓ tӧrӱ tӱңlӱktin chїqar, ya’ni, zulm eshikdan kirsa, insof tuynukdan chiqadi. Bu misollarda el so‘zi kelishuv, do‘stlashuv va eshik ma’nolarida kelyapti.  Mahmud Koshg‘ariy qo‘lni elig so‘zi bilan, qo‘lqopni esa, eliklik so‘zi bilan ifodalaydi.

 

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, odamlar birlashgan joyda el paydo bo‘ladi. Demak, qo‘lda barmoqlar birlashadi, bir musht holiga kelish degan ibora ham birlashishni bildiradi. Odamlarning birlashib bir qo‘l – ilga aylanishi elni bildiradi.

 

Eshqobil SHUKUR

 

“Boboso‘z izidan” kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 212
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 227
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 138
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 254
Vafo va vafot

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 271
Hadaha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236276
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115094
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68725
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57889
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52276
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41107
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39950
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39914
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//