Hamshira so‘zining ma’nosi singilmi?


Saqlash
19:08 / 20.08.2024 0 3018

Tilimizda, asosan, “shifoxonada ishlovchi, o‘rta tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan xodima, tibbiy hamshira” ma’nosini anglatgan hamshira so‘zining tub ma’nosi tojik tilidagi “birga” ma’nosini anglatuvchi “ham” old qo‘shimchasiga “sut” ma’nosini bildirgan shir otining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Shu asoslardan kelib chiqib, hamshira so‘zi “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da “bir onani emgan opa-singillar” degan mazmunni anglatadi, deb izohlangan. Keyingi davrlarda bu so‘z “singil” ma’nosini ifodalagan.

 

Janubiy viloyatlarimiz shevalarida shirxo‘ra degan so‘z ko‘p ishlatiladi. Bu so‘z ham xuddi hamshira kabi “bir onani emgan” ma’nosini anglatadi. Lekin bu so‘z faqat ayollargagina emas, erkaklarga nisbatan ham ishlatiladi.  Turkiy tildagi ko‘kaldosh so‘zi shu ma’noni ifodalagan. Ko‘kaldosh – ko‘kaltosh so‘zi ildizidagi – ko‘k so‘zi “urug‘, qavm, shajara” ma’nosini anglatadi.

 

Eshqobil SHUKUR

 

“Boboso‘z izidan” kitobidan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 251
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 489
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 427
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 764
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 500
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233603
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113123
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66827
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56024
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50454
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39313
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38874
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38077
“Avesto”

//