Rasul Hamzatovning haydovchisi


Saqlash
18:08 / 08.08.2024 0 1438

Bir kuni Rasul Hamzatov u paytlari oddiy rejissyor Georgiy Daneliyani mehmon qilmoqchi bo‘libdi. Ikkala ijodkor Giya akaning Moskvichida Yozuvchilar uyushmasining restoraniga borishibdi. U paytlar mashina oynasini tozalovchi cho‘tkalarni o‘g‘irlash rosa “urf” bo‘lgan ekan. (“Buyuk” sobiq ittifoqda shu ham mulk bo‘lgan shekilli). Shu cho‘tkalarni yechaman deb, Giya aka tashqarida biroz qolib ketibdi. Rasul aka ichkariga ravona bo‘pti. Giya aka cho‘tkalarni qo‘ltig‘iga qistirib, restoranga kirib ketayotgan ekan, eshik og‘asi to‘xtatibdi: 

 

- Marhamat qilib, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosining guvohnomasini ko‘rsatsangiz.

Tabiiyki, Daneliya aʼzo emas. Chaqiray desa, Rasul og‘a ichkariga kirib ketgan. Giya akaning shumligi tutib:

- Men Rasul Hamzatovning shopiriman, depti.

Eshikog‘asi:

- O, shunday demaysizmi, azizim. Qani ichkariga marhamat qilsinlar deb, rejissyorni restoranga boshlab ketibdi.

 

Oradan yillar o‘tib, italiyalik taniqli kino ijodkorlar: Marchello Mastroyanni, Luiji de Laurentis, va boshqalar Moskvaga kelishibdi. Ularni mehmon qilmoqchi bo‘lgan Giya aka Yozuvchilar uyushmasining restoraniga boshlab boribdi. Bu vaqtga kelib Georgiy Daneliya “Mimino”, “Afonya”, “Kuzgi marafon” va yana ko‘p kinolarning rejissyori, “SSSR xalq artisti” bo‘lib ulgurgandi.

 

Eshikog‘asini yaxshi tanib qolgan-ku, unga uchrashib, bu italiyalik taniqli kino ijodkorlar, ular men bilan deb ichkariga boshlab ketibdi. Shunda restoran rahbari chiqib qopti-yu, eshikog‘asiga o‘dag‘aylab ketibdi:

 

- Nimaga sen Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo bo‘lmaganlarni ham restoranga kirityapsan?! Bu senga katta xolangning uyimi?!

Eshikog‘asi titrab-qaqshab aytarmish:

- Axir bu kishi Rasul Hamzatovning shopiri-ku.

- Oldinroq shuni aytmaysanmi, galvars?! O, azizim, qani ichkariga marhamat qilsinlar!

 

Adham ARSLONOV tarjimasi.

Georgiy Daneliyanining 

“Qadah so‘zi aytgan oxirigacha ichadi” kitobidan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 314
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 421
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 644
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235053
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114349
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68263
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57310
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51658
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40264
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39650
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39542
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//