Sanskritchani biladigan “baxshi”


Saqlash
17:07 / 25.07.2024 0 2512

“Doʻmbirasiz baxshi boʻlmas, yomonsiz yaxshi boʻlmas” degan maqol bor. Elimiz baxshilarni hamisha yaxshi koʻrgan, qadrlagan. Xalq qoʻshiqlari va dostonlarini yoddan kuylovchi oqin maʼnosini anglatgan baxshi soʻzi aslida tilimizga sanskrit tilidan kirib kelgan. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da izohlanishicha, sanskrit tilidagi “bhikshu” soʻzi “budda ruhoniysi, donishmandi; duoxon, darvesh” degan maʼnolarni bildirgan. Keyinchalik sanskritcha “bhikshu” soʻzi tilimizda “baxshi”ga aylanib ketgan.

 

“Qadimgi turkiy til lugʻati”da baqšï (bag-šï) soʻzining Xitoy tiliga xos boʻlib, “ustoz, murabbiy” maʼnosini ifodalagani taʼkidlab oʻtilgan. Chingiziylar va temuriylar saroyida xizmat qilgan mirza, kotib, munshiylar ham baxshi istilohi bilan ifodalangan.

 

Eshqobil SHUKUR, “Bobosoʻz izidan” kitobidan

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 152
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 250
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 463
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234249
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113479
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67969
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56989
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51410
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39553
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39412
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39329
“Avesto”

//