O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…


Saqlash
15:06 / 11.06.2024 0 1477

Qo‘qon-Yaypan yo‘nalishida yo‘lovchi tashiydigan Damasdaman. Hali odam to‘lmagani uchun yurgani yo‘q. Damasning oldi o‘rindig‘ida, ko‘rinishidan 5560 yoshlar chamasidagi amaki o‘tiribdi.

 

Men o‘rtadagi o‘rindiqqa joylashdim. Yonimga 17-18 yoshlardagi qiz kelib o‘tirdi.

 

– Xola, telefoningizning vaqti bormi, onamga telefon qilib qo‘ymoqchi edim.

 

– Bemalol, vaqtidan xavotir olmang.

 

Qiz nega kech qolganini onasiga tushuntirib, xavotir olmasligini, birozdan keyin yetib borishini aytdi.

 

Old o‘rindiqdagi amaki menga yuzlandi.

 

– Qizim, bemalol bo‘lsa, telefoningizda men ham o‘g‘lim bilan gaplashib olsam maylimi?

 

– Bemalol, amaki.

 

Cho‘ntagidan chetlari yirtilib, cho‘ntakda yuraverib sarg‘ayib, kirlanib ketgan bir parchagina qog‘oz olib menga uzatdi.

 

– Shu nomerga terib berasizmi? Keyin sal ovozini balandlatib ham bering.

 

Birinchisida javob bo‘lmadi.

 

– Amaki, telelefonni ko‘tarishmadi.

 

– Katta o‘g‘lim Toshkentda yashaydi. Katta ishda ishlaydi. Tagida mashinasiyam bor.

 

Amaki o‘g‘li haqida gapirar ekan, ko‘zlari kuldi, ovozlari o‘zgardi, o‘g‘lidan faxrlanish hissi bilinib turardi.

 

– Telefonimning puli tugagan. Uyda antenayam chiqormeydi. Ba’zan o‘g‘limning ovozi juda yomon eshitilsa, ba’zan bizning ovozimiz yaxshi bormaydi. Gaplashmaganimizga 5-6 kun bo‘ldi, yana bir marta terib ko‘rasmikan-a, qizim. Yo... ishda bo‘lsa bezovta qilamanmikan... – deya ikkilanish bilan menga qaradi.

 

O‘g‘illarini rossa sog‘inibdi, o‘g‘li haqida gapirgandayoq bilinib turibdi”, – xayolimdan o‘tkazdim.

 

– Nega bezovta qilasiz, amaki, hozir, mana, yana terib ko‘ramiz, ko‘tarishsa bo‘lgani, bemalol gaplashaverasiz.

 

Xayriyat, bu safar telefonni ko‘tarishdi.

 

– Alo, eshitaman, kim bu?

 

– Saidjon, man, dadangman. Yaxshimisan, o‘g‘lim? Nevaralarim yaxshimi?

 

– Ee, dada, sizmisiz? Tinchlikmi?

 

– Haa, tinchligingni bilib qo‘yay degandim. O‘zimizning telefonimizning puli tugab qolgandi. Manetta bitta qizimni telefonidan qilyapman.

 

– Dada, ishdaman, tinchlik bo‘lsa gapni qisqaroq qilsangizchi, a?! Hech tushunmaysizakanda, a, kunduzi ishda bo‘laman deyman-u sizga!

 

Shu yerda amakining holatini ham, o‘zimning holatimni ham sizga ta’riflab berolmayman. Mening ichim shunchalar og‘ridiki...

 

– Uzr, o‘g‘lim, uzr. Meyli, tinch bo‘lsang bo‘ldi, bolam.

 

Amakining gapi tugamadi, allaqachon kattakon o‘g‘il telefonni qo‘yib bo‘lgandi.

 

Amaki menga qaramay turib sekin telefonni uzatdi.

 

– O‘g‘limni ishi juda ko‘p-da. Katta ishda ishlash qiyin-da.

 

Bu so‘zlar amakining og‘zidan shunchalar sekin chiqardiki, shunchalar alamli yig‘i bilan chiqardiki...

 

Sherzod OLIMOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 84
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 195
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 505
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 925
“Birpas”mi, “ikkipas”?..

Qatra

18:10 / 30.10.2024 0 238
“Yashashga shoshilaman”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218643
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104444
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33518
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27231
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26186
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24682
Alpomish

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24680
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21598
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//