Velosiped


Saqlash
15:04 / 16.04.2024 5 1256

Chol eskirib, shalog‘i chiqib ketgan velosipedi o‘rnida yangisini ko‘rib shoshib qoldi.

 

Kimdir adashib, mеnikini minib ketibdi-da, attang...

 

Masjidga undan boshqa velosipedda kelmasdi. Atrofga alangladi. Ichkari, tashqariga ko‘z tashladi. Muyulishga o‘tib, nariga ko‘chaga ham mo‘raladi. O‘ziniki yo‘q edi.

 

Masjid devoriga suyab kirib ketgandi.

 

U birpas dovdirab turdi. O‘rindig‘i yumshoq, amortizatori zo‘r yangi velosipedga havas qilib u yoq-bu yog‘ini siypalab ko‘rdi-yu, darhol qo‘lini tortdi. Axir bu birovniki.

 

U yana o‘z velosipedini topish ilinjida javdiradi. O‘g‘lidan qolgan uch yetimni boqib turgandi-ya, afsus. Yigirma yillik beminnat xizmatchisi edi.

 

Kampiri birov qishloqdan olib kelib tashlab ketadigan sutdan qatiq ivitadi. Bir parcha yeriga kashnich, rayhon, jambil sepib undiradi. Chol esa kampir qo‘liga tutqazganlarni velosipedning ruliga ilib, shaharliklarga sotib kelardi.

 

Ro‘zg‘or nima bo‘ladi endi?

 

Birov masjidga yangi velosipedda kelgan-u, keyin adashib unikini minib ketgan. Yarmi singan o‘rindiq qattiq botmadimikan? O‘tirsa sezardi-ku...

 

U yana yangi velosipedga ko‘z tashladi. Chiroyli ekan. Tekis yursa kerak.

 

Iye, dastasiga boylangan sut-qatiqdan bo‘shagan bankali xalta uniki-ku! Nomozdan avval har doimgidek dom oralab sut, qatiq, barra ko‘kat sotgandi.

 

Ko‘zi bankalar orasiga solingan xatjildga tushib, shoshib ochdi. Ichida bir nechta dollar va xat bor ekan.

 

Chol xatni o‘qiy boshladi:

 

Assalomu alaykum ota. Sizni anchadan beri kuzataman. Har kuni saharda eski, almisoqdan qolgan velosipedda sut, qatiq olib kelib sotasiz. Halol mehnat qilasiz. Shu yoshda ham g‘ayratlisiz. Hammaga o‘rnaksiz.

 

Sizni rahmatli otamga o‘xshatdim. Uning ham eski velosipedi bo‘lib, shaharning u burchagidagi ishiga avtobusda emas, o‘zi o‘rganib qolgan ikki g‘ildirakli ulovida qatnardi. Afsus, unga hech narsa sovg‘a qilolmadim. Chunki juda erta, bolaligimdayoq qazo qilganlar...

 

Qutlug‘ oyda sizni ozgina bo‘lsa-da xursand qilgim keldi. Shu velosipedni mazza qilib minib, dunyodan o‘tgan otamning xaqqiga ham duo qilib qo‘ying, ota!

 

Muazzam IBROHIMOVA

5 Izohlar

Sevinch

20:04 / 17.04.2024

Hikoyani nima deb nomlasak boladi .yana bir boshqacharoq nom .o'rnak olsa arzigulik ekan . Mashaalloh

Diyorbek

19:04 / 17.04.2024

Bizni mahallada ham bizni qo'shnimiz shunaqa uylarida nogiron farzandlari bor . Har tong ertalab eski velosipedda shaharni chekkasidagi zavodga bog'bonchilikka ketadilar .Gohida ko'rib achinib ketaman yordam bergim keladi ammo hozir oddiygina studentman.Nasib bo'lsa niyat qildim man ham shu amakiga yaxshiroq sovg'a hadya qilaman. Maqola uchun rahmat juda ajoyib ekan.

Gulchehra Xushboqova

03:04 / 17.04.2024

Qani endi shu kabi hikoyalardan darsliklarimizga ham kiritilsa!!Shunday hikoyalaringiz ko'paysin.

Zumrad

17:04 / 16.04.2024

Mashaalloh Shunday saxiy insonlar koʻpaysin dunyoda🙏🙏🙏

Sanjar Numonzoda

15:04 / 16.04.2024

Maşallah. Allah ehson qilguvçilardan qilsin🤲🏻

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 256
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 781
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 820
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228110
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109904
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 58352
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 45729
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42250
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36179
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34233
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31773
Kompetentlik

//