Onasini eng uzoq kutgan farzand


Saqlash
15:04 / 15.04.2024 3 1828

U Turkiyaning Mardin shahridan 14 km uzoqlikdagi Bine-bil qishlog‘ida dunyoga kelgandi. Otasi mardinlik, onasi suriyalik arablardan edi. Tili erta chiqqani uchun onasi uni Bahe bulbul deb erkalatardi.

 

Bahe bir yarim yoshda ekanida xo‘rozning hujumiga uchraydi: xo‘roz himoyasiz bolakayni ayovsiz cho‘qib, yuz-ko‘zlarida bir umrlik yara izlari qoldiradi.

 

O‘sha vaqtda qattiq qo‘rqib ketgan Bahe gapirmay qo‘yadi. Bolakay yolg‘iz qolsa talvasaga tushar, onasining quchog‘idagina tinchlanardi. Bahe opalarining sa’y-harakatlari bilan to‘rt yoshga yetganidagina oz-moz gapiradigan bo‘ladi. Ota-onasi uni qishloq shifokoriga eltadilar, shifokor bolaning holatini aqliy zaiflik deya baholaydi. Birgina ota bu tashxisga ishonmaydi.

 

Temir yo‘l stansiyasida yuk tashuvchi bo‘lib ishlaydigan ota o‘g‘lini Mardindagi taniqli shifokorlarga olib borishni niyat qiladi, lekin ko‘p o‘tmay sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etadi. Nochor qolgan ona farzandlarini olib ota yurti Suriyaga qaytmoqchi bo‘ladi. Yo‘lga tayyorgarlik ko‘rayotganida otasidan maktub oladi. Unda bobo aqli zaif nabirasini ko‘rmoqchi emasligini aytib, uni olib kelmaslikni qat’iy tayinlagan edi.

 

 

Chorasiz qolgan ona (o‘zidan bir qadam ham ajralmaydigan) kichkintoy Baheni Mardindagi qadim monastirga olib borib topshiradi. Ketayotganida esa, nima gapligini tushuna olmay javdirab turgan bolakayning qulog‘iga shivirlaydi:

 

Bizni kutgin. Biz albatta qaytib kelib, seni olib ketamiz...

 

Monastir eshigi oldiga yetganida yana takrorlaydi:

 

Biz qaytib kelamiz, Bahe...

 

 

Shu-shu, monastirning kirish eshigi bolakayning pakkasiga aylanadi. Har kuni ertadan-kechgacha, soatlarcha ko‘z yoshi to‘kkan ko‘yi onasini kutadi u. Qish qirovli kunlarda ham, yozning jaziramasida ham. Har kuni. Yetmish yil! Ha, naq yetmish yil kutdi u onasini, opalarini... Uni hech kim bu yerdan olib ketmadi. Shu yerda umri bitdi.

 

U monastir eshigi oldidagi tosh edi go‘yo, deyishdi ibodatxona xodimlari jurnalistlarga. – Yetmish yil davomida ikki ko‘zi eshikda yashadi...

 

Bahe bulbul Dunyoda onasini eng uzoq kutgan farzand nomi bilan eslanadigan bo‘ldi.

 

Dilfuza KOMIL

3 Izohlar

Zumrad

17:04 / 16.04.2024

Qanchalar ayanchli va taʼsirli 😔😔😔

Farida

17:04 / 16.04.2024

Bolani aldamaslik kerak edi😪

Nurgul

16:04 / 16.04.2024

Juda ham ta'sirli voqea ekan,ko'zlarimga yosh keldi.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 181
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 222
Narxning navosi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1526
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224169
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107358
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 53898
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 38961
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 38435
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 30445
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30141
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29477
Alpomish

//