Maqsud Shayxzoda bir kuni...


Saqlash
22:08 / 18.08.2021 0 1061

* * *
Urushdan keyingi qiyinchilik yillari hozirgi Sayilgoh ko‘chasining xiyoboniga yaqin joyida bir gadoy o‘tirardi. Hazrat Shayxzoda domla xiyobonning narigi tomo¬nidagi Yozuvchilar uyushmasiga boradigan bo‘lsa, shu bechoraga uch-to‘rt so‘m beray deb, atayin ko‘chaning o‘sha gadoy o‘tirgan tomonidan yurardi. Bu odat bo‘lib ketib, gadoy ham shunga o‘rganib qolgan ekan.
Bir kuni domla o‘sha joyga yaqin qol¬ganda cho‘ntakka qo‘l solsa, pul yo‘q – kostyu¬mini almashtirganida pul avvalgi kiyi¬mida qolibdi. Sir boy bermay “Salom” deb o‘ta boshlabdi.
“Ey, birodar”, deb qolibdi shunda gadoy. Domla maqsadga tu¬shunib: “Pulim yo‘q” desa, “Ishlash kerak!”, debdi gadoy.

* * *
Shayxzoda hazilni, shoirona tashbehlarni yaxshi ko‘rardi. Bir kuni telefon jiringlab qoldi. Men uning sal¬moqdor ovozini eshitdim:
– Bilasanmi, men qayerdan ga¬piryapman?
– Bilaman, Toshkentning 9 yanvar ko‘¬chasidan, 18-uyning to‘rtinchi qavatidan.
– Y-o‘-o‘q, yana bilmading. Men Movaro¬unnahrdan gapiryapman.
– Nahotki!
– Ha, tushunmading-a! Uch daryo o‘rtasi¬dagi uy, desak, Movarounnahrdan-da, ha, ha, ha...– Jarangdor kulgudan so‘ng “Mo¬varounnahr”ga tushundim. Biz yashab turgan uy uch anhor o‘rtasida joylash¬ganidan domla o‘zlaricha shunday tashbeh qilgan edilar.

* * *
Gazeta-jurnallar chiqaradigan bosmaxonamizning old tomonidagi yo‘lakda matbaa mahsulotlari sotadigan do‘koncha bo‘lardi. Bir kuni ertalab shu yerdan o‘tib ketayot¬ganimda Shayxzoda domlani ko‘rib qoldim. Yomg‘ir yaxshi¬gina savalab turardi. Domla do‘konchaning yon tomonida, yomg‘irni pisand qilmay, gazetani keng ochib nimanidir o‘qirdi. Yaqin borib, salom berdim. Alik olib:
– Yo‘l bo‘lsin! Jabbor o‘g‘li qayoqqa ketayotibdilar? – dedi.
Savolga javob o‘rniga men:
– Yuring, panaroq joyga o‘taylik, yomg‘ir kuchayayotibdi, – dedim.
Bosmaxonaga kiradigan darvozaning soyaboni tagiga o‘tirdik.
Bilsam, domla boya o‘zining shu bugungi gazetada bosilgan she’rla¬rini o‘qiyotgan ekan.
– Yomg‘irda o‘qish shartmidi? – de¬sam, u kishi:
– Birorta she’rni yozib tugatsan¬giz, xuddi yangi farzand ko‘rgandek bo‘lasiz. Shu she’ringiz gazetadami, jurnaldami bosilib chiqqanda uni o‘qisangiz, xuddi o‘sha farzandingiz boshini silagandek huzur qilasiz, – dedilar-da, keyin: – Bunday huzurni hech kim, hatto yomg‘ir ham buza ol-maydi, – deb qo‘shib qo‘ydilar.

* * *
Yozuvchilar uyushmasining Do‘rmondagi ijod uyi-bog‘ida dam olayotgan Maqsud Shayxzoda bir kun taomga qovurilgan tovuq go‘shti tortilganini ko‘rib, chehrasi yorishib, yonidagi hamdasturxonlariga:
– Tovuqni yeganlar rahmatini bizga aytishsin, – debdi.
Bu gapning ma’nosini ba’zilar tushunibdi, ba’zilar tushunmay hayron bo‘lishibdi. Gapning tagida gap bor edi. Bun¬dan bir necha kun burun ertalabki nonushtaga ust-ustiga tuxum berganlarida, Shayx aka tuxumni yegisi kelmay, o‘tirgan yerida o‘choq boshidagi xizmatchi ayollarga qarata:
– Axir buning mamashasidan ham bo‘ladimi? – degan ekan.
– Mamashasi ham bo‘lib qoladi, lekin hozir tovuqlar jo‘ja ochishyapti, – deb ayollar hazilga hazil bilan javob berishibdi.


E’tibor Oxunova

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 12
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 13
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 93
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 197
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 514
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 932
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218663
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104448
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33582
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27247
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26229
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24733
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24715
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21607
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//