Bilasizmi?
Insonning ijtimoiy holati hayoti davomida doimiy oʻzgarib turadi. U oʻqib-oʻrganish, tajriba orttirish, yangi qirralarini kashf etish orqali jamiyatdagi statusini oshirib borishi va aksincha, baʼzi harakatlari yoki harakatsizligi ortidan oʻz mavqeyini tushirib yuborishi ham mumkin. Hayot davomida shu kabi ijtimoiy oʻzgarishlarga sabab boʻluvchi omillar – sotsial lift deb ataladi.
Sotsial lift bu shunchaki oʻxshatish emas, unda haqiqatdan ham yuqoriga yoki pastga harakatlanish mumkin. Ushbu maqolada ijtimoiy lift oʻzi nima, uning qanday turlari, maqsadi va manfaatli jihatlari bor, degan savollarga javob izlaymiz.
Ijtimoiy lift tushunchasi
Ijtimoiy lift – bu jamoat yoki sotsial institutlarning harakatlanish mexanizmi boʻlib, unda odamlar shaxsiy ijtimoiy statusini oʻzgartirishi mumkin.
Boshqacharoq qilib aytganda, u joriy holatidan yaxshiroq ish yoki yuqoriroq lavozimga koʻtarilish yoʻli yoki jamiyatdagi mavqeyini yoʻqotadigan (masalan, pastroq lavozimga tushishiga) sabablardir.
Aytaylik, siz oʻrta yoki boshlangʻich taʼlimni yakunlab, oliy oʻquv yurtiga qabul qilindingiz. Bu oʻzgarish ijtimoiy mavqeyingizni oshirishga xizmat qiladi. Vazifalarni vaqtida bajarmasdan, kursdan-kursga qolish esa – “lift”ingiz pastlayotganidan darak.
Ijtimoiy liftlarning asosiy vazifalari:
– Jamiyatning eng malakali va tajribali vakillarini elita (yuqori) qatlamda birlashtirish;
– Nisbatan pastroq, oʻrta ijtimoiy qatlam vakillarini yuqori darajaga olib chiqish;
– Yuqori qatlam vakillari dunyoqarashini (mafkurasini) umumqadriyatlarga moslashtirishdan iborat.
Ijtimoiy lift tushunchasi toʻgʻridan-toʻgʻri ijtimoiy mobillik bilan bogʻliq.
Ijtimoiy mobillik – maʼlum bir fuqaro yoki oilaning farovonlik darajasi va ijtimoiy sinfining oʻzgarishidir. Undan salomatlik, taʼlim darajasi yoki guruhlararo boshqa darajalarni baholashda ham foydalanish mumkin.
Sotsial lift tushunchasi fanga amerikalik sotsiolog, madaniyatshunos Pitirim Sorokin tomonidan kiritilgan. Sorokinning fikriga koʻra, inson ijtimoiy statusini tezda oʻzgartira olishi uchun, u qulay mobil (harakatlanish) kanalini, yaʼni, oʻziga mos ijtimoiy liftni topishi zarur.
Mobil kanallar – harbiy xizmat, taʼlim, oila, shaxsiy biznes, davlat xizmati, sport, siyosat, sanʼat kabilardir.
Ijtimoiy mobillik gorizontal va vertikal turlarga ajraladi.
Gorizontal mobillik – ijtimoiy mavqeyi oʻzgarmagan xolda harakatlanish. Masalan, oʻqituvchi boshqa maktabda ishlagani ketdi. Lekin xuddi avvalgi lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Bunda u yuqori yoki pastga qarab emas, oʻz darajasi doirasida harakatlangan hisoblanadi.
Vertikal mobillik – bu ijtimoiy statusning yuqorilashi yoki pastlashi. Masalan, yuqoridagi oʻqituvchi direktorlik lavozimini egallashi va ijtimoiy statusini oshirishi mumkin.
Sotsial liftlar haqida oz boʻlsa ham tushunchaga ega boʻldik. Endi sizda haqli savol tugʻilishi mumkin:
Ijtimoiy liftlarning asosiy maqsadi nima?
Sotsial liftlardan maqsad – insonlar ijtimoiy statusini shaxsiy muvaffaqiyat va kasbiy yutuqlariga koʻra qayta taqsimlash.
Odamlarda oʻz darajasini oshirish imkoniyati mavjudligi, ularni yuqori marralarni zabt etishga, oʻzini rivojlantirishga, ijtimoiy yuksaklikka undaydi. Bu esa tizim va tashkilotlar boshqaruvini munosib mutaxassislar egallashiga sabab boʻladi.
Ijtimoiy lift turlari
Zamonaviy jamiyatning afzalligi shundaki, har kim oʻzining ijtimoiy statusini boshlangʻich (taʼlim, faoliyati, qarindoshlik rishtalari va daromadi) darajasidan qatʼiy nazar erkin oʻzgartirishi mumkin.
Bunda ular maʼlum ijtimoiy lift turiga duch keladi. Masalan:
Harbiy xizmat
Harbiy xizmatni tanlagan fuqaro oddiy askardan general darajasigacha yetishi mumkin. Bilamizki, voyaga yetgan yigitlarni muddatli harbiy xizmatga chaqiruvda ularning ijtimoiy mavqeyi, daromadi va boshqa shu kabilar emas, jismoniy tayyorligi va salomatligi inobatga olinadi. Kelajagini shu yoʻnalishda koʻrgan shaxs sohada yuqori lavozimlarga ega boʻlishi mumkin.
Oila
Oila va turmush – sotsial liftning keng tarqalgan turi. Bunda ijtimoiy statusning oʻzgarishi ayniqsa, taraflar turlicha mavqeda boʻlganida seziladi. Masalan, mahalliy oliygohni tamomlagan qiz xorijda taʼlim olib, ishlaydigan yigit bilan oila qurishi – uning kelajak hayoti oʻzgarishi, jamiyatdagi oʻrni yuqorilashiga sabab boʻlishi mumkin.
Albatta, turmush kishining ijtimoiy statusini pasaytirgan holatlar ham yoʻq emas.
Taʼlim
Zamonaviy jamiyatda taʼlim – ijtimoiy darajani koʻtaruvchi eng qulay sotsial liftlardan biri. Bunda kishida ham shaxsiy, ham kasbiy rivojlanish kuzatiladi.
Biroq shuni unutmaslik kerakki, faqat diplomgagina ega boʻlish – muvaffaqiyatlar kaliti qoʻlda degani emas.
Sanʼat
Sanʼat – insonning tugʻma qobiliyatlari asosiga quriladigan, nostandart ijtimoiy lift. U bilan hamma ham shugʻullanavermaydi.
Ushbu ijtimoiy liftning ishlashi atrof-muhit bilan uzviy bogʻliq. Masalan, ayni damda sanʼatning barcha yoʻnalishlarida (adabiyot, musiqa, kinematografiya) kuchli mutaxassislar haddan ziyod koʻpdek koʻrinadi. Bunday vaziyatda hammasi koʻringanidek oson boʻlmasligi mumkin. Chunki unda raqobat omili muhim rol oʻynaydi.
Internet
Zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi, internetning paydo boʻlishi, ijtimoiy tarmoqlarning ommalashishi, biznesning onlayn shaklga oʻtishi – bularning barchasi yangi raqamli ijtimoiy liftning shakllanishiga asosiy omil sifatida taʼsir qilmoqda.
Insonlar uchun internet oʻzi yoki mahsulotlarini uchinchi shaxslar yordamisiz tanitish uchun qulay maydonga aylangan. Buni blogerlar misolida yaqqol koʻrish mumkin.
Oyina.uz
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q