Ulug‘lik


Saqlash
02:12 / 18.12.2021 0 1499

Bir kishi arab podshohining qarindosh-urug‘laridan bir nechtasini o‘ldirib qochib ketdi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin podshohning yoniga qaytib keldi. Podshoh taajjublanib:

– Ajab dovyurak, qo‘rqmas, jasoratli kishi ekansan, qarindoshlarimdan bir nechtasini o‘ldirib buyuk gunoh qilsang ham qahr-g‘azabimdan qo‘rqmay yana yonimga qaytib kelding, – degan ekan, u kishi ta’zim qilib:

– Sizning afv va marhamatingiz ulug‘ligini yaxshi bilaman. Gunohim buyuk bo‘lsa ham, afv, marhamatingiz undan ham ulug‘roqdir, – deb javob berdi. Podshohga uning so‘zi xush kelib gunohini kechirdi, in’om-ehson qildi.

Uning yaqin kishilaridan biri:

– Shunday dushmanni qo‘lga tushirdingizu o‘ch olmay, uning so‘ziga aldanib ozod etdingiz, bu nima qilganingiz? – dedi.

– Ish sen o‘ylaganingcha emas, undan o‘ch olsam, nafsim shodlanadi, ozod qilsam, uning ko‘ngli shodlanib, dunyoda nomim yaxshilik bilan yod etiladi. Mana shuni o‘ylab, uni ozod qildim, – deb javob berdi podshoh.

 

Bayt:

Gar ulug‘likni tilar bo‘lsang diyonat birla bo‘l,

Kim budur mulki saodat sorig‘a bormoqqa yo‘l.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 338
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 578
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 513
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 853
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 552
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233866
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113275
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67560
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56407
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50830
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39402
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39164
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38575
“Avesto”

//