Bir paranji tarixi – asrlik umr va so'zlayotgan ramzlar


Saqlash
15:12 / 17.12.2021 0 1675

 

Har bir hududning kiyimlari ko‘rinishidan o‘ziga xos bo‘lganidek, surxondaryoliklarga tegishli tarixiy liboslarda turli jiyak va kashtalar bilan bezatilganini ko‘rish mumkin. Quyidagi paranji ham tarixdan mahalliy aholi orasida jelak deb atalgan bo‘lib, bugungi kunda yuz yoshdan oshgan.

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi 1-umumta’lim maktabi tarix va o‘lkashunoslik muzeyida ayollarimizning tarixidan so‘zlovchi ana shu paranjini uchratamiz. Ushbu jelak I Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida ham namoyish etilgan edi. Jelakning asl egasi Xadicha Alimardonova ismli ayol bo‘lib, 1978-yili sakson besh yoshida vafot etgan.

Jelakning tashqi ko‘rinishi ham alohida ramzlarga ega. Kiyimning orqa tomonida yenglari bir-biriga tikib qo‘yilgan holatda bo‘lsa, egasining turmush qurmaganini bildiradi. Turmush qurgan ayol libosi esa aksincha ko‘rinishda bo‘ladi.

Bir asrdan ortiq vaqt davomida saqlab kelinayotgan paranji hozir ham tabiiyligini, ranglarini, avvalgi ko‘rinishini yo‘qotmagan.

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 17
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 164
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 76
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 216
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 179
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235958
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114865
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68597
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57749
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52106
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40970
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39849
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39794
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//