Haqiqat chirog‘ini so‘ndirib bo‘lmas


Saqlash
16:12 / 15.12.2021 2 12425

 

Mahmud az-Zamaxshariy

 

***

Bu yerda haqiqatni tinglashdan quloqlar to‘sib qo‘yilgandir.

 

***

Yana mulohaza-yu zehnlar tadbir-u tafakkurdan man etilgandir.

 

***

Bir toifa odamlar borki, ularning to‘shaklari g‘aflat beshiklariga obdon belangandir. Ularning ko‘zlarida bedorlik (uyqusizlik) oz (kam) bo‘ladiki, bamisoli qoplonlar singari.

 

***

Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, ammo to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan (juvonmarg bo‘lasan).

 

***

Kudri toifasi singari talaydigan, Kudri qushi singari uchdi-ketdi. (Avvaliga yaxshi gapirib odamning ichiga kirib olib, o‘z ishini bitirgach, Kudri qushi singari tez g‘oyib bo‘ladigan kishilarga nisbatan aytiladigan ibora).

 

***

Odamlarning eng xotiri kuchlisi ularning ichidagi eng unutuvchisidir, ko‘ngillarning eng yumshog‘i salobatligi-yu shafqatlisidir.

 

***

Mol-mulkni behuda isrof qilish kufrona “ne’matdir”, o‘ylamasdan boyligini sarflash to‘liq tanazzulga olib keladi.

 

***

Podshohning eng yaqin kishisi yaqinlarning ichidagi eng ulug‘idir, xavf-xatar paytlarida ularga (xavf-xatarga) yaqinrog‘idir.

 

***

Tog‘ning eng tepasiga (cho‘qqisiga) chiqqan kishi undan yiqiluvdan g‘oyat ko‘p ogoh bo‘lmog‘i lozim.

 

***

Avval qilib kelgan xayrlig-u ezguliklaringizga keyin ham (ya’ni doimo) ezgulik qo‘shavering, chunonchi qushning qanotidagi kichik patlari katta patlariga madadkordir.

 

***

Fisq-u fasod qiluvchilar va fojirlar ko‘paysa, Alloh taolo vabo yuboradi.

 

***

Agar bo‘hton (yolg‘on)chi g‘udurlaganda sen hammadan ko‘ra ham ko‘p eshitguvchisan, haq gap so‘ylansa sen go‘yo eshitmaganday bo‘lasan.

 

***

Pora faqat nohaqlig-u zolimlarga yordam berguvchidir.

 

***

Ko‘pchilik odamlar haqiqatdan yiroqdir, ularning talab va da’volari yolg‘on-u bo‘hton (botil)dir, ya’ni aytgan so‘zlari-yu ishlari o‘zlariga muvofiqdir.

 

***

Nizo va nifoq mavjud joyda noxushlik bo‘lar, qayg‘u-hasrat-u faqirlikka tushilur.

 

***

Go‘shtdan haddan ortiq darajada tanovul qildiki, hatto ichini moy bosib yorilib ketdi (ko‘p ovqat yeyish – turli illatlarga sababdir ma’nosida).

 

***

Bu dunyo ibratli ishlar-u, pand-nasihatlarga to‘ladur, ayni vaqtda ko‘z yoshlariga ham serob.

 

***

Ko‘pincha til bilan yetkazilgan jarohat, qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og‘irroqdir.

 

***

Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmas.

 

***

Hunarmand-u kosiblar ko‘pdir, biroq mohir-u qobiliyatlilari ozdir (ya’ni, usta ko‘p-u, ustasi ozdir).

 

***

O‘zi sazovor bo‘lmagan hamd-u sano-yu maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir.

 

Nozik iboralar kitobidan olindi.

2 Izohlar

Orifaxon

01:12 / 12.12.2023

Mening fikrim juda yaxshi men bundan õzimga hulosa qildimki yaxshi õqish biror bir hinar b n shug'ullanish kerak

Asilbek

01:12 / 11.12.2023

Rahmat kop narsa organdik

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1256
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 237
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 253
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 192
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 210
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223152
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106745
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48743
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36966
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35354
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29626
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28537
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28434
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//