Qobiliyat


Saqlash
23:12 / 27.12.2023 0 4498

Qobiliyat – insonning maʼnaviy qiyofasiga xos xislatlardan biri, uning individual salohiyati, imkoniyatlarini ifodalovchi tushuncha. Qobiliyat bilimdan muayyan darajada farqlanadi. Chunonchi, bilim bu mutolaa natijasi hisoblansa, qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tabiatiga xos xususiyati sanaladi. Qobiliyat tushunchasiga yondosh va turdosh atamalar qatoriga “koʻnikma” hamda “malaka” iboralarini kiritish mumkin. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik qobiliyat bilan aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan koʻnikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi.

 

Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik xususiyatlarga asoslanib, muayyan faoliyat talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʻz ichiga qamrab oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta xususiyatning oʻzini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va bu jarayonda yuqori koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashga qurbi yetadigan xususiyatlar sintezi tushuniladi. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat – bu kuzatuvchanlik, yaʼni insonning fahmlash, obyektdan muayyan jihatlarni koʻra bilish, ajrata olish koʻnikmasidir. Bu holat inson tomonidan narsalarning oʻziga xosligini, ijodiy faoliyat mahsuli materiallarini koʻra bilish imkonini namoyon qiladi. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan yana biri – narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. Qobiliyat shaxsning shakllanish va rivojlanish natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Mazkur manba koʻpincha “zehn” tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan faoliyatga yoki koʻplab narsalarga nisbatan oʻta qiziquvchanlik, moyillik va intilishda namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish kerak. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik mahsulidir. Qobiliyatlar umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyatlar tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatning reja asosida rivojlanishida oz kuch sarflagan holda katta samara olish imkoniyati mavjud.

 

Qobiliyat shakllanishi va rivojlanishining quyidagi yoʻllarini ajratish mumkin: 1) maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish va faoliyat natijalari sifatiga binoan, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash orqali; 2) mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini takomillashtirish; 3) umumintellektual vazifalarni bajarish; 4) noyob qobiliyatni takomillashtirishning innovatsion vositalarini qoʻllash; 5) shaxsning faollik alomatlarini imkon darajasida rivojlantirish; 6) inson shaxsiga individual munosabatni umumiy talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa Talant va daholik (geniylik) qobiliyat bosqichlari hisoblanadi. Muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini taʼminlaydigan qobiliyatlar (isteʼdodlar) majmuasi talant deyiladi. Muayyan jamiyat va millat hayotida ijtimoiy-tarixiy faoliyatda namoyon boʻluvchi yuksak darajadagi isteʼdod, aql-zakovat taraqqiyotining choʻqqisi, nodir individual xususiyat daholik deb ataladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 283
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 286
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 267
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 314
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224701
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107677
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55017
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39940
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39739
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31062
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30508
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29908
Alpomish

//