Qiyos


Saqlash
17:12 / 27.12.2023 0 2245

Qiyos (arabcha taqqoslash) – shariat manbalaridan biri (Qurʼon, sunna, ijmo bilan birga). Qiyos eng avvalo, yaxshi-yomonni bir-biridan farqlay olish, ajratish, xulosa chiqarish demakdir. Qiyoslash asosida har bir ishni muhim va muhim boʻlmagan qismlarga ajratadi, toʻgʻri xulosalar chiqariladi. Bunda insonning bilimi, tafakkuri, dunyoqarashi muhim rol oʻynaydi. Ayniqsa, uning maʼnaviyati, maʼrifati muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxs qancha maʼnaviyatli, maʼrifatli boʻlsa, u shuncha adolat, insoniylik, ezgulik nuqtai nazaridan xolisona taqqoslaydi va baholaydi. Qiyosda dastlabki 2 manba – Qurʼon va sunnada berilmagan biror huquqiy masala ulardagi shunga oʻxshash masala boʻyicha berilgan koʻrsatmaga taqqoslash yoʻli bilan sharh etilgan. Masalan, aroqning shayton ishi ekanligi, urush-janjal, adovat chiqarishi sababidan u Qurʼoni Karimda man etilgan. Aroqdan boshqa mast qiluvchi ichimliklar haqida biror narsa aytilmagan. Lekin mujtahid ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning hammasida ham aroq kabi salbiy natijalar boʻlishini hisobga olib, unga qiyos qilganlar va harom deb hukm chiqarganlar. Shu bilan birga qiyos islom dinini zamon va taraqqiyot ila yonma-yon yurishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Qiyosning manba sifatida kiritilishi shariatning huquq tizimi sifatida shakllanishi va ruhoniylar, faqihlarning mavjud munosabatlarni himoya qilishdagi mavqei oshishidan dalolat berar edi. Islom huquqshunosligida hozirda ham qiyosga amal qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 200
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 214
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 569
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 339
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 505
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232849
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112637
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65259
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55078
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49458
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39079
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38151
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36734
“Avesto”

//