Qiyomat


Saqlash
16:12 / 27.12.2023 0 1383

Qiyomat (arabcha oʻliklarning tirilishi, tik turish, oʻrindan turish) – dunyoning tugashi va oxirat kunining boshlanishi haqidagi tushuncha. Qurʼonda oxirat kunining boshlanishi bilan bogʻliq dahshatli hodisalar, barcha mavjudotlarning halok boʻlishi va qayta tirilishi, birma-bir soʻroq qilinib, savob va gunohlari oʻlchanishi, jannat va doʻzaxga kiritilishi, doʻzax azoblari, jannat rohatlari batafsil bayon etilgan. Qiyomat toʻgʻrisida islom bagʻrida shakllangan alohida fan yoʻnalishlarining barchasida fikrlar bildirib borilishi, bu toʻgʻridagi maʼlumotlarning keng sharhlanishi va asrlar davomidagi targʻibotlar odamlarni yovuzlik, yomonlik, harom, dinsizlik, bidʼat, johillik va boshqa juda koʻp illatlardan tiyish maqsadiga xizmat qilishi bilan maʼnaviy hayotda katta ahamiyat kasb etgan. Odamlarda qiyomat kunidagi soʻroqdan qoʻrqish hissini shakllantirish vositasida maʼnaviy tubanlikdan tiyilish, turli-tuman ezgu ishlarga qoʻl urish orqali soʻroq kuni sharaflanganlar qatoridan oʻrin olishga intilish fikrini shakllantirgan. Qiyomat haqida Avesto, Tavrot, Injil, Zabur kabi boshqa dinlarning ilohiy kitoblarida ham qaydlar mavjud boʻlib, bu matnlarning mohiyati bir-birini toʻldirishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 433
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 388
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 713
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 427
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 609
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233481
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113020
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66538
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55854
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50208
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39280
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38673
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37816
“Avesto”

//