Qahramonlik


Saqlash
16:12 / 27.12.2023 0 2196

Qahramonlik – mardlik, botirlik, dovyuraklikka xos ish, harakat, mardlik, jasorat namunalarini anglatuvchi tushuncha. Qahramonlik va qoʻrqoqlik bir-biriga qaramaqarshi soʻzlardir. Qahramonlik favqulodda yoki ongli ravishda koʻrsatilishi mumkin. Favqulodda qahramonlik qaltis vaziyatlarda yorqin namoyon boʻladi. Ongli qahramonlik esa asta-sekin, yillar mobaynida koʻzga tashlanib boradi. Masalan, janglarda favqulodda qahramonlik koʻrsatilsa, mehnatdagi qahramonlik uzoq yillik halol mehnatning samarasi hisoblanadi. Qoʻrqoq kishilar uchun qahramonlik nimaligini tasavvur qilish qiyin boʻladi. Shuning uchun qahramonlik har bir kishiga xos xususiyat hisoblanmaydi. Yurtimiz mustaqillikka erishgandan soʻng mazkur soʻzning qadri yanada oshdi. Endi koʻrsatiladigan qahramonlik oʻz yurtimiz, oʻz xalqimiz uchun boʻladi. Bu gʻoyani barchaning ongi va qalbiga singdirish orqali uning qadrini yanada yuksaltirish mumkin. Xalq ogʻzaki ijodining noyob durdonasi boʻlmish “Alpomish” dostoni millatimizning oʻzligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga oʻtib kelayotgan qahramonlik qoʻshigʻidir. Zero, bu qahramonlik eposini kuylab, uni qalbiga, shuuriga esh qilgan millatni esa hech qanday kuch yenga olmaydi. Kishilik jamtida ushbu fazilatning oʻrni juda muhim. Lekin kundalik hayotda jonkuyar boʻlish, har kuni fidoyilik koʻrsatish ham hammaning qoʻlidan kelavermaydi. Buning uchun insonning qalbi pok, irodasi metindek mustahkam boʻlishi kerak. Shaxsning ezgu maqsad yoʻlida qilgan ishi, harakati boshqa bir inson taqdirida qahramonlik sifatida namoyon boʻlishi ham mumkin. Har kuni, har soatda fidoyi boʻlish oʻzini tomchilab, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay, tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik fazilat mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramonlikdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 433
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 388
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 713
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 427
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 609
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233481
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113020
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66538
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55854
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50208
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39280
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38673
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37816
“Avesto”

//