Qarindoshlik


Saqlash
16:12 / 27.12.2023 0 732

Qarindoshlik – odamlar orasidagi ijtimoiy-tarixiy qondoshlik munosabatlari va oʻzaro maʼnaviy yaqinlikni ifodalaygan tushuncha. Jamiyatda qarindoshlik rishtalari tarixan tarkib topgan anʼana, burch va masʼuliyat darajasida avaylab-asraladigan, shaxslararo bogʻliqlikdan hosil boʻladigan ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Qarindoshlik tushunchasi butun jahondagi xalqlarga xos, har bir millatga mansub kishilar uchun umumiy tamoyildir. Sharq, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarida unga katta ahamiyat beriladi. Oilaviy marosimlar, rasm-rusumlar, toʻy va maʼrakalarda qarindoshlik yaqqol namoyon boʻladi. Jamiyatda muayyan urf-odat va anʼanalar bilan bogʻliq jarayonlarda ham qarindoshlik oʻz oʻrniga ega. Aslida qarindoshlik anʼanalari insoniyat tarixidagi eng qadimgi jihatlardan biri boʻlib, hozirgi davrgacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda. Shu bilan birga, gohida qarindoshlik ayrim salbiy holatlar, tanishbilishchilik, mahalliychilik kabi illatlarga sabab boʻlishi mumkin. Gʻarb mamlakatlarida ham bu tushunchaga alohida eʼtibor beriladi, unga bagʻishlangan tadqiqotlar uchraydi. Masalan, Michigan universiteti professori K.F.Kottakning “Madaniy antropologiya” darsligida qarindoshlik guruhlari ijtimoiy birikma boʻlib, unga aʼzolik oʻziga xos qoidalarga tayanish va har bir guruh aʼzosi faoliyatining nazorat qilinishini talab qiladi, deb taʼkidlanadi. Uning fikricha, qarindoshlik atamalari tizimi soni cheklangan, ota-ona avlodi uchun ushbu tizimning toʻrttasi va har bir avlod uchun olti tizimi mavjud boʻlib, unga aka-uka, opa-singil va togʻa-ammalar kiradi.

 

Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududida mahalliy aholining oʻtroq turmush kechirib kelgan vakillarida qarindoshlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etib, u “uzoq” va “yaqin” qarindoshlik mezonlari bilan farqlangan. Mahalliy aholi tomonidan “ota avlod” hamda “ona avlod” kabi iboralarning ishlatilishi oddiy kundalik turmush tarzida qarindoshlik rishtalarini nafaqat tizim, balki daraja (kategoriya)ga farqlashda ham muhim omil sanaladi. Mahalliy munosabatlarda “yetti avlod”, “yetti pusht” ifodasi qarindoshlikni belgilab berishda asosiy omil sanaladi. Bular: 1) ota-ona, 2) farzand, 3) nabira, 4) chevara, 5) evara, 6) nobora, 7) dubora va 8) begona. Bu kabi holatni K.F.Kottak “ajdod guruhi” sifatida ifodalaydi. Uning fikriga koʻra, ajdod guruhi davomiy boʻlsa-da, unga mansublik yangi aʼzolarning dunyoga kelishi va tiriklarining vafot etishi hamda koʻchib keluvchi yoki koʻchib ketuvchilar hisobiga oʻzgarib turadi. Odatda, ajdod guruhiga aʼzolik yangi aʼzoning tugʻilishi bilan belgilab qoʻyiladi va abadiy saqlanib qoladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 283
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 286
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 267
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 314
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224699
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107677
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55017
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39940
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39739
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31062
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30508
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29908
Alpomish

//