Bilasizmi?
Qalbakilik – yuksak maʼnaviy fazilatlarga zid boʻlgan va haqiqat meʼyorlariga rioya qilinmagan holda amalga oshirilgan narsa yoki hodisani ifodalovchi tushuncha. Qalbakilik moddiy va maʼnaviy koʻrinishlarda sodir etiladi. Bu illat ayniqsa, maʼnaviy qalbakilik katta ijtimoiy-maʼnaviy zarar keltirishi mumkin. Maʼnaviy qalbakilik soxta obroʻ orttirish, sotqinlik, riyokorlik, oʻgʻirlik kabi illatlar taʼsirida vujudga keladi. Moddiy qalbakilik esa hujjatlarni soxtalashtirish (pul, qogʻozlar, kartochkalar va hokazo) kabilarga qoʻllanadi. Har qanday ijtimoiy hodisa va jarayonlarda tarixiy shaxslar, voqealar, manbalarni qalbakilashtirish shaxsning fikrlari, xohishlari, bilim va koʻnikmalarini soxtalashtirishga olib keladi. Bunday yondashuvlar bugungi kunda ham ayrim davlatlarning siyosatida, maʼlum mafkuraviy qarashlarning mohiyatida boshqa mamlakat, xalqlarga nisbatan ishlatilmoqda. Xalqimiz hayotida tariximiz, madaniyatimiz, maʼnaviyatimizga nisbatan xolisona munosabatda boʻlmaslik, uni buzib koʻrsatish, mavjud tarixiy haqiqatni qalbakilashtirib, millatimizga, uning madaniyati va maʼnaviyatiga past nazar bilan qarash hollari mustabid tuzum davrida keng koʻlamda olib borilgan edi.
Hozirgi vaqtda iqtisod, madaniyat, mafkura va maʼnaviyat sohalarida globallashuv jarayonlarining taʼsiri tobora kuchayib borayotgan sharoitda ayrim mamlakatlarning hukmron doiralari yoki ularning manfaatini ifoda etuvchi siyosatchilar tomonidan milliy istiqlol gʻoyasi, xalqimiz maʼnaviyati va madaniyati, anʼanalarini oʻz andozalari bilan oʻlchashga, taqqoslash va kamsitishga urinishlar davom etmoqda. “Mahalla” tizimiga qarshi asossiz qarashlar, turli diniy ekstremistik, buzgʻunchi mutaassiblar chiqishini “demokratiyani boʻgʻish” deya baholanishi koʻzga tashlanmoqda. Ayniqsa, zoʻravonlik, faxsh kabi gʻayriaxloqiy qusurlarni videotasmalar, turli adabiyotlar orqali keng targʻib etish, shuningdek, omma orasiga missionerlik, prozelitistik aqidalarni olib kirish, eʼtiqodi va dunyoqarashi zaif kimsalarni oʻz domiga tortishga boʻlgan harakatlar gʻoyat xatarlidir.
Odatda, qalbakilashtiruvchi shaxs, guruh va maʼlum siyosiy doiralar noxolis dalillarining fosh etilishini xohlamaydi. Shu bois, ular qalbakilik aqida, qoidalarga muvofiq ravishda yomon tasavvur hosil qilmaslikka harakat qiladi. Aslida qalbakilashtirish siyosati puxta oʻylangan, turli ibora, soʻz, mujmal gʻoyalarni bayon etish, koʻrsatmalar berish, muayyan xalqni oʻz maʼnaviyatidan, haqiqiy tarixi va adabiyotidan judo qilish, kishilarda turmush tarzidan norizo boʻlish, oʻtkinchi hissiyot va noreal xayollarga berilish, oʻz hayoti va jamiyatga tushkunlik nazari bilan qarash kayfiyatini qoʻzgʻash uchun amalga oshiriladi. Shuning uchun qalbakilik zamiridagi xatti-harakatlarni teran anglash, uning mazmun-mohiyati, qanday maqsadlarga qaratilganini tushunish, turli maʼlumotlarga nisbatan atroflicha, ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tanqidiy yondashish muhim ahamiyatga egadir.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q