Qaysarlik


Saqlash
15:12 / 27.12.2023 0 1206

Qaysarlik – yuksak maʼnaviyat talablariga javob bera olmaydigan, oʻzbilarmonlik, oʻz bilganidan qolmaslikni anglatuvchi tushuncha; oʻzgalar talabini, vazifasini amalga oshirishni inkor etishda namoyon boʻluvchi xulq shakli. Avvaliga voqelikdagi biron hodisaga nisbatan eʼtiroz asta-sekin shaxslararo munosabatlarga oʻtib boradi va insonning oʻz-oʻzini tasdiqlashi sifatida namoyon boʻla boshlaydi. Qaysarlik oʻta hissiyotli yoki asab tizimi moʻrt odamlarda koʻproq namoyon boʻladi, shuningdek, ahamiyatli ehtiyojlar toʻsiqqa duch kelganda koʻrinadi. Yosh bolalar va oʻsmirlarda qaysarlik ularning xohish-istaklariga doimo peshvoz chiqaverish natijasida yoki mustaqil harakatlariga imkon bermaslik asosida shakllanadi. Katta yoshdagi qaysarlik esa inson xarakteri, hayotiy inqirozlar, hissiyotlar bilan bogʻliq. Tadqiqotlar koʻrsatishicha, affektiv holatga moyil va aql-zakovati tor boʻlgan odamlarda qaysarlik koʻproq uchraydi. Qaysarlik tufayli qator maʼnaviyatsizlik koʻrinishlari vujudga kelishi mumkin. Qaysarlik, bir tomondan, moddiy, maʼnaviy jarayonlar bilan bogʻliq ishlarni, vazifalarni amalga oshirishdan bosh tortishni ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, aqliy va jismoniy jihatdan qila oladigan ishni atayin qilmaslikni bildiradi. Bu albatta, inson maʼnaviyatining torligidan dalolat beradi. Har qanday shaxs, insonda ikki holatni tanlash imkoniyati bor, yaʼni yaxshilik yoki yomonlik. Qaysarlik, koʻpincha, insondagi salbiy koʻrinishlardan biri sifatida namoyon boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 433
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 388
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 713
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 427
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 609
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233481
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113020
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66538
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55854
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50208
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39280
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38673
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37816
“Avesto”

//