Qadrsizlanish


Saqlash
15:12 / 27.12.2023 0 1130

Qadrsizlanish – muayyan qadriyat yoki qadriyatlar tizimining oʻz qadrini yoʻqotishi yoki pasaytirishi jarayonini, insonning oʻz obroʻ-eʼtiborini, mavqeini yoʻqotishi, nazardan qolishi maʼnosini anglatuvchi tushuncha. Jamiyat taraqqiyotida sodir boʻladigan umumiy qadrsizlanish birdaniga, bir kunda yoki toʻsatdan emas, balki tadrijiy roʻy beradigan jarayondir. Insoniyat tarixida qadriyatlar tizimi qadrsizlanib ketgan davlatlar va imperiyalarning tanazzulga yuz tutgani, yoʻq boʻlib ketgani maʼlum. Masalan, sobiq ittifoq hayotining oxirida, 80-yillarning oxirlarida ilgari zoʻrlik bilan ushlab turilgan qadriyatlar tizimining butunlay qadrsizlanishi yaqqol koʻrinib qolgan edi. Oxir-oqibat, bu tuzum tanazzulga yuz tutdi va halokatga uchradi. Qadrsizlanish jarayoniga sabab boʻladigan koʻplab omillar mavjud. Muayyan qadriyat yoki bir necha qadriyat shakllarining haddan ortiq boʻrttirib yuborilishi, mutlaqlashtirilishi yoki siyqalashtirilishi, ularga notoʻgʻri munosabatning muttasil siyosat usuliga aylantirilishi bunga sabab boʻlishi mumkin. Bunday holda qadriyatlar oʻz mazmun-mohiyatini, odamlarning hayoti va faoliyati uchun umumiy mezon, ularning intiladigan ideal yoki ularni muayyan maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar qiluvchi mezon sifatidagi ahamiyatini yoʻqotadi.

 

Qadrsizlanish muayyan qadriyat, milliy manfaatlar, davlat siyosatiga ishonchsizlik, odamlarning “nimalar”dandir hafsalasi “pir” boʻlishi, koʻpchilikning koʻngli “qolishi” tarzida ham namoyon boʻlishi mumkin. Har bir shaxs uchun jamiyatda oʻz atrofidagilar oʻrtasida oʻz qadrini yoʻqotish odamiylikni yoʻqotish bilan barobar boʻladi. Shuning uchun har bir shaxs qadrsizlanish soʻzi anglatadigan maʼnodagi xususiyat oʻzida shakllanib qolmasligiga intilishi zarur boʻladi. Qadrsizlanish faqat shaxslar oʻrtasidagina boʻlib qolmasdan, balki boshqa sohalarda ham roʻy berishi mumkin. Masalan, qimmatli qogʻozlar, pullar, ashyolar oʻrtasida ham qadrsizlanish boʻlishi mumkin. Bunday holatni dunyo davlatlarida ishlatiladigan mablagʻlar va qimmatli qogʻozlar misolida koʻrish mumkin. Baʼzan qadrsizlanish oqibatida maʼlum bir mamlakatlarda pullar va qimmatli qogʻozlarni isloh qilishga zarurat seziladi. Qadrsizlanish iqtisodning barcha sohalarini qamrab olishi, muayyan davlat yoki butun jahon inqirozi tarzida roʻy berishi mumkin. Bu iqtisodiy boʻhronga olib keladi va butun dunyoda umumiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 433
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 388
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 713
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 427
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 609
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233481
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113020
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66538
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55854
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50208
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39280
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38673
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37816
“Avesto”

//