Oʻgʻirlik


Saqlash
16:12 / 26.12.2023 0 704

Oʻgʻirlik – shaxsning maʼnaviy buzilishi hodisasi, oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish, oʻzlashtirib olishni anglatuvchi tushuncha. Oʻgʻri – oʻgʻirlikni sodir etgan shaxs boʻlib, yuksak maʼnaviyat talablari va tamoyillarini buzgan kishi sifatida qattiq qoralanadi. Oʻgʻirlik insoniyat tarixining hamma davrlarida oʻta salbiy xislat tarzida qaraladi, jamiyat va inson hayotida nihoyatda noxush holat va oqibatlarga sabab boʻladi. Koʻp hollarda, moddiy va maʼnaviy shakllarda namoyon boʻladi. Masalan, ilm-fan, adabiyot va sanʼatda uchrab turadigan koʻchirmachilik oʻgʻirlikning muayyan turi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida oʻgʻirlik va uning qanday sodir etilgani (kissavurlik, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki takroran, yoki xavfli retsidivist tomonidan, yo boʻlmasa koʻp miqdordagi mol-mulkning oʻgʻirlanishi, uyushgan guruh tomonidan sodir etilishi va boshqa)ga qarab jazo belgilangan (JK, 169-modda). Es-hushi joyida boʻlgan 14 yoshga toʻlgan shaxs oʻgʻirlik shaklidagi oʻzgalar mulkini talon-taroj qilishning subyekti boʻlishi mumkin. Oʻgʻirlik shaxsning maʼnaviy buzilishini anglatishi bilan birga, boshqa insonlarga nafaqat moddiy, balki maʼnaviy zarar ham keltirishini ifodalaydi. Kishilik davrlarining barcha davrlarida oʻgʻirlik ham dunyoviy, ham diniy nuqtai nazardan qoralangan. Tarixda koʻpchilik davlatlarda oʻgʻirlik shafqatsizlarcha jazolangan. Islomda oʻgʻirlik sodir etgan kishi koʻrilgan zararning miqdoriga qarab hadd, taʼzir, sazoyi, qamoq, biror aʼzosini kesish kabi jazolanishdan tashqari oxiratda gunohkor sifatida azoblanishi ham taʼkidlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 412
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 470
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 282
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 260
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226700
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108954
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56379
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41648
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41012
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32310
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31238
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30990
Alpomish

//