Oʻtish davri


Saqlash
16:12 / 26.12.2023 0 1122

Oʻtish davri – insoniyat, davlatlar, mamlakatlar, xalqlar va millatlarning rivojlanish tarixining bir bosqichdan ikkinchi bir bosqichga, muayyan bir sifatiy holatdan yangi bir sifatiy holatga oʻtishini anglatuvchi tushuncha. Oʻtish davri deganda, biror-bir narsa va hodisaning, muayyan tizim yoki tuzumning bir sifatiy holat, belgi, xususiyat, xarakter, munosabatdan ikkinchi bir sifatiy holat, xususiyat, xarakter, munosabatga ega boʻlish jarayoni, taraqqiyotning yangi sifat bosqichiga koʻtarilishi tushuniladi. Bir tizimdan ikkinchi tizimga oʻtish davri tarixan muayyan vaqt qismida sodir boʻlib, u asrlar mobaynida shakllanib qolgan ijtimoiy (davlatlararo, guruhlararo, sivilizatsiyalararo va hokazo) munosabatlarning vaqti kelib eskirishi tufayli yangi munosabatlar tizimiga asos solinishini anglatadi. Bu jarayonni tadrijiylik, mavjud moddiy, maʼnaviy, madaniy va intellektual resurslarning mutlaq barham topishi emas, balki ularning yangi davr talab va ehtiyojlariga mos tarzda kompleks yangilanishi natijasi deb qabul qilish maqsadga muvofiq. Chunki, eskirgan tizimlarga nisbatan radikal munosabat bildirish, uni va uning moddiy, ilmiy-texnik va maʼnaviy asoslarini butkul yakson qilish amaliyotining oʻta salbiy oqibatlari ham maʼlum.

 

Tizimdan tizimga oʻtish iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohalarni qamrab oluvchi jarayonligi bilan bir paytda yaqqol koʻzga tashlanuvchi maʼnaviyat hodisasi ham hisoblanadi. Hatto bir maʼnaviy makonda ham oʻtish hodisasi odatda, turli davrlarda turlicha kechadi. Ayni vaqtda shu jabhada qoʻlga kiritilgan yangi marra umuman ijtimoiy taraqqiyotning istiqbolini taʼminlashi mumkin. Tamomila boshqa dunyoqarashlar va qadriyatlar yangi tafakkur tizimiga oʻtish, uning iqtisodiy, siyosiy hamda ijtimoiy munosabatlarga ijobiy taʼsirining nufuzi, kuchini belgilaydi. Turli sabablarga koʻra, XXI asrda kurtak yozayotgan yangi ijtimoiy jarayonlar, islohotchilikning kelajagi aynan shu maʼnaviy sohada oʻtish davrining maʼno-mazmuni bilan chambarchas bogʻlangan. Insoniyat, xalqlar, millatlar, mamlakatlar va davlatlar tarixi bu – doimiy ravishda rivojlanib, yangilanib turadigan obyektiv qonuniy oʻtish davridan iborat boʻlib, maʼnaviy taraqqiyot ham shu tarzda amalga oshadi. Insoniyat uchun umumiy va qonuniy boʻlgan ijtimoiy taraqqiyotning oʻtish davrlari turli mamlakatlarda, xalqlarda turlicha kechadi. Koʻplab obyektiv hamda subyektiv sabablarga koʻra, turli sivilizatsiyalar, mintaqalar, mamlakatlarda anʼanalar, qadriyatlar va dunyoqarashlar turlichaligi bois tizimdan-tizimga oʻtish davri har xil surʼat, uslub va shakl kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 460
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 111
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 154
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 134
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 141
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 222531
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106449
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 46352
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36126
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 34297
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29358
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28226
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 27762
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//