Oʻzbek xalqining manfaatlari


Saqlash
17:12 / 22.12.2023 0 998

Oʻzbek xalqining manfaatlari – oʻzbek xalqi hayotini belgilaydigan, uning faoliyatini maʼlum maqsadlarga yoʻnaltiradigan ijtimoiy munosabatlar, milliy ehtiyojlar, xalqning tafakkur darajasi, maʼnaviy salohiyati, ruhiyati, anʼana va qadriyatlari tizimidir. Milliy manfaatlar ehtiyojlarni qondiruvchi sharoit va qadriyatlar bilan birga, ularni yaratish, taʼminlashni belgilovchi ijtimoiy tizimga, munosabatlar va tamoyillarga asoslangan boʻladi. Ular oʻzbek millati va xalqiga mansub alohida kishilar yoki biror-bir davlat fuqarosi boʻlgan odamlarning shaxsiy manfaatlari bilan uzviy bogʻliq boʻlib, bu manfaatlarning uygʻunlashuvini ifodalaydi. Shu maʼnoda, u umumiy manfaatlar majmuidir. Oʻzbek xalqining manfaatlari quyidagilardan iborat: mamlakat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarning daxlsizligi; yurt tinchligi, davlatning harbiy, iqtisodiy, gʻoyaviy, ekologik, informatsion tahdidlardan muhofaza etilishi; Vatan ravnaqi, mamlakatda fuqarolararo va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini yaratish; har bir oila va butun xalq farovonligi; jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, oʻz-oʻzini boshqarish tamoyillarining qaror topishi va hokazo. Mamlakat aholisining ijtimoiy ahvolini inʼikos etar ekan, Oʻzbek xalqining manfaatlari milliy taraqqiyot kuchlarini harakatga undovchi muhim omil vazifasini bajaradi. Umumiy manfaatlarning namoyon boʻlishida uning umuminsoniy manfaatlar bilan uygʻunligiga erishishga yordam beruvchi ijtimoiy mexanizmda umumbashariy qadriyatlar muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbek xalqining manfaatlari milliy ehtiyojlarni qondirishdan manfaatdorlik orqali butun dunyoda inson taraqqiyoti yoʻlidagi ezgu va mushtarak maqsadlar orasidagi bevosita aloqani mustahkamlashga yordam berishga qaratilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 329
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 565
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 494
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 836
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 546
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233815
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113227
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67472
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56296
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50724
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39383
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39105
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38444
“Avesto”

//