Bilasizmi?
“Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Oʻzbekiston” nashriyotida 2021-yilda chop etilgan kitobi. “Muqaddima”, 7 bob va “Xotima” qismlaridan iborat ushbu asarda avvalo, xalqimiz tomonidan keyingi yillarda erishilgan ulkan yutuq va marralar uchun asos boʻlayotgan islohotlar va yangilanishlar oʻz aksini topgan, ularning mazmun-mohiyati va strategik ahamiyati, yaqin va uzoq kelajakdagi tadriji, taraqqiyot tamoyillari va muhim xususiyatlari har tomonlama chuqur tahlil etilgan. Mazkur kitob Davlatimiz rahbari rahnamoligida oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga oʻtgan xalqimiz salohiyatini yanada baland choʻqqilarga koʻtarish, barcha sohalarda tub islohotlar va ulkan yangilanishlarni amalga oshirish, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish, yurtimizda eng ilgʻor demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonini yaxlit va tizimli aks ettirgan. Ushbu asar Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida qanday amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, bu serqirra jarayonning murakkab va ilgarilanma harakat ekanligi, tarixiy-falsafiy, mantiqiy va qonuniy zamini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va maʼnaviy omillarining barchasini har taraflama chuqur yoritib va isbotlab berishga qaratilgan ilmiy xulosa va tahlillarning dolzarbligi va ahamiyatini toʻla-toʻkis isbotladi. Shu bilan birga, birinchidan, ushbu asar aslo tasodif emas, balki Prezidentimiz ongu-tafakkurida, qalbida uzoq yillardan buyon shakllanib va sayqallanib kelgan yangi strategiya oʻz aksini topgan kitob, butun bir davrning falsafiy inʼikosi, hozirgi yangilanishlar jarayonining obyektiv zaruratidir. Mazkur kitob Yangi Oʻzbekiston strategiyasining butun boʻy-basti va shakli-shamoyilini, mazmun-mohiyati va maqsad-muddaolarini toʻla-toʻkis aks ettiradigan, xalqimizni shu yoʻlda birlashtiradigan va ezgu maqsadlar tomon safarbar qiladigan, bugungi zamon taqozosini ifodalaydigan yirik va yaxlit asardir;
ikkinchidan, Prezidentimiz kitobi “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” qanday tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va maʼnaviy-maʼrifiy asoslarga ega ekanligi, uning ustuvor yoʻnalishlari hamda imkoniyatlari haqida toʻgʻri tasavvurga ega boʻlish uchun barcha ilmiy-nazariy xulosalarni, amaliyot uchun zarur boʻlgan dolzarb vazifalar va koʻrsatmalarni oʻzida jamlagan. Unda taraqqiyotimiz strategiyasining tushuncha va kategoriyalari, umuminsoniy qonuniyatlari va mamlakatimizga xos xususiyatlari koʻplab misollar va dalillar asosida isbotlab berilgan;
uchinchidan, mazkur asar olis asrlar qaʼridan kelayotgan xalq orzusi, avlod-ajdodlarimiz, ota-onalarimizning yorugʻ kunlar, nurli kelajak haqidagi umid va intilishlarining oʻziga xos ifodasi, bu yoʻlda jonini tikkan yovqur bobolarimiz va momolarimiz xotirasini qadrlash, Ona Vatanimizni, istiqlolimizni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash, jondan aziz farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash uchun masʼulligimizni yaqqol anglatadigan yirik va yaxlit falsafiy asardir;
toʻrtinchidan, ushbu kitobni muallifning globallashib borayotgan shiddatkor dunyoning nidolari va chaqiriqlarini chuqur anglashi asosida yaratilgan, zamonaviy Oʻzbekistonning jahondagi oʻrni va imkoniyatlari, xalqimizning yaratuvchanlik salohiyati, mamlakatimizning istiqbollarini jamiyatimiz aʼzolari, hammamiz teran anglashimizga yordam beradigan muhim ilmiy-nazariy manba, deyish uchun barcha asoslar bor;
beshinchidan, Prezidentimiz asari jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans sari” gʻoyasini roʻyobga chiqarish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar va keng koʻlamli ishlar mantigʻini tushunish, shu yoʻnalishdagi yangilanishlar va oʻzgarishlar jarayonida har birimizning oʻz oʻrni miz va masʼuliyatimizni anglashi mizga xizmat qiladigan zarur qoʻllanma, oʻziga xos darslik hamdir;
oltinchidan, mazkur asar keyingi oʻn yilliklarda butun dunyoga mashhur boʻlib borayotgan “Stretegemalar nazariyasi” va “Strategiyalogiya” fanining umumiy qonuniyatlari va Oʻzbekistonga xos namoyon boʻlish xususiyatlari, strategik tafakkur va strategik boshqaruvning jamiyat hayoti va davlat siyosatining barcha sohalariga xos qonun-qoidalari va muhim jihatlarini oʻzida toʻla-toʻkis aks ettirgan. Bu jihatdan u, ushbu yoʻnalishdagi ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar uchun ham muhim metodologik qoʻllanma, koʻplab tadqiqotlarni amalga oshirishga doir tayanch manba boʻlishi shubhasiz.
“Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”da eng avvalo, insonga oliy qadriyat sifatida munosabatda boʻlish, u ning manfaatlarini islohotlarning asosiy mezoni tarzida tushunish muhim ahamiyat kasb etayotgani ham aslo bejiz emas, albatta. Bu borada Prezidentimiz alohida taʼkidlaganidek, “...yurtimizda uzoq yillar davomida «davlat – jamiyat – inson” tamoyiliga amal qilib kelindi. Davlat qurilishi va boshqaruvi, barcha siyosiy tuzilmalar, ularning ish uslubi va faoliyati ham ana shu tamoyil asosida shakllandi. Aslida esa, avvalo, inson, uning haq-huquqlari va baxt-saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi boʻlishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu gʻoyaga tayanishi va “Davlat – inson uchun” tamoyili asosida tashkil etilishi darkor». Prezident kitobida alohida taʼkidlangan mazkur xulosaga amal qilish esa, siyosiy soha va boshqaruv tizimining hozirgacha saqlanib qolayotgan yuqoridagi paradigmasini tubdan oʻzgartirish, insonni va uning manfaatlarini davlat siyosati va islohotlarning asosiy mezoniga aylantirish lozimligidan dalolat beradi. Bunday holda ushbu sohadagi asosiy paradigma “inson – jamiyat – davlat” shakliga aylanadi va bu, ayni bugungi hayot haqiqatini, hozirgi davr zaruratini aks ettiradi. Yaʼni, davlatning mavjudligidan asosiy maqsad – inson hayoti va jamiyat taraqqiyotiga doir siyosatni toʻgʻri tashkil qilish, bu boradagi tizim va tuzilmalar faoliyatini xalq manfaatlari yoʻlida samarali tashkil etishdan iboratdir. Bu nuqtai nazardan, keyingi yillarda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida amalga oshirayotgan islohotlarni aynan “Inson davlat uchun emas, davlat inson uchun” hamda “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyillar asosida boshlangani aslo bejiz boʻlmaganini isbotlaydi.
“Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”ning yuqoridagi fundamental xulosaga asoslangan eng asosiy va muhim falsafiy tamoyili kitobning ilk sahifalaridanoq oʻz aksini topgan quyidagi fikrda yaqqol ifodalangan: “Yangi Oʻzbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega boʻlgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning oʻzi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga toʻla javob beradigan obyektiv zaruratdir”. Bu jihatdan, kitobni diqqat bilan oʻqib-oʻrganar ekanmiz unda “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”ning muhim tamoyillari va amaliy hayot mezonlari yaqqol namoyon boʻlganini aniq-tiniq anglab olish mumkin. Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”ning mazmun-mohiyati va ahamiyatini Prezident asari asosida tahlil qilish bir tomondan, bugungi kunlarning shukronasi va uning qadriga yetish, ikkinchidan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar va oʻzgarishlar jarayonini sarhisob qilish, uchinchidan, bu boradagi dolzarb va masʼuliyatli vazifalarimizni yanada chuqurroq anglab olishga imkon beradi. Ayni paytda, davlatimiz rahbarining tarixiy dalil va raqamlarga, teran ilmiy fikr va xulosalarga asoslangan “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” asari jamiyatimizning bugungi taraqqiyot bosqichini, hozirgi kundagi ustuvor yoʻnalishlar va vazifalarning mohiyati va mazmunini chuqur oʻrganish, ush bu milliy tajribani amaliyotga samarali qoʻllash jarayoni boshlangan hozirgi kunlardagi oʻziga xos xususiyatlari va zamonaviy imkoniyatlarini yanada yaqqolroq anglashda, hech shubhasiz, mustahkam nazariy asos boʻlib xizmat qiladi.
Bilasizmi?
Hikmat
Bilasizmi?
Bir kuni...
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q