Yuzsizlik


Saqlash
01:12 / 20.12.2023 0 891

Yuzsizlik – insoniy odob qoidalariga amal qilmaslik, oʻzidagi salbiy xususiyat va kamchiliklardan uyalmaslik, ularni oshkora namoyish qilgan holda amalga oshirilgan xatti-harakatni ifodalovchi tushuncha. “Yuzsizlik” salbiy maʼnodagi ibora boʻlib, “hayoli”, “iboli” kabi soʻzlarga qarshi qoʻyiladi. Oʻzida hayo tuygʻusi boʻlmagan odam oʻzgadan hayoli boʻlishni talab qila olmaydi va bunday talab tuygʻusi unda boʻlmaydi ham. Oila odobiga koʻra, yuzsizlik tushunchasiga teskari boʻlgan xislatga ega katta yoshlilar bolalarga, balogʻatga yetgan farzandlar, kelinlar kattalarga ochiq-sochiq holda koʻrinmaydi, bachkana qiliq qilmaydi, beparda soʻzlarni aytmaydi, ular uchun sizsirash hurmat belgisi hisoblanadi. Bunday odamlar koʻchaga uy kiyimida chiqmaydi, soʻrab kelgan kishini koʻcha eshik oldida mahtal qilib qoʻymaydi, darhol uyga taklif qiladi. Mehmon kutilganda bolalarga pokiza kiyimlar kiydiriladi, hovli-koʻchalar ozoda saqlanadi, xunuk koʻringan narsalar koʻzdan chetga olib qoʻyiladi. Bunday xislatlardan mahrum boʻlish yuzsizlikka olib kelishi tabiiy. Yuzsizlik soʻzi “surbetlik”, “bezbetlik” tushunchalariga maʼnodosh hisoblanadi. “Yuzsiz”, “surbet”, “bezbet” tushunchasisi ahloqsiz, yomon xulqli, tartibsiz, andishasiz va betgachopar kishilarga nisbatan qoʻllanadi. “Yuzsiz” soʻzi “yuzi qora” iborasiga ham maʼnodosh hisoblanadi. Yuzsizlar, yaʼni yuzi qoralar nojoʻya xatti-harakatlari bilan izzat-obroʻsini yoʻqotgan, el-yurt dashnomiga uchragan kishilardir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

11:06 / 12.06.2026 0 132
Ignani qayerdan izlaysiz?

Hikmat

10:06 / 12.06.2026 0 191
O‘g‘lim, men oxirgi vagondaman...

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 361
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235332
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114535
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68405
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57502
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51879
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40625
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39727
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39638
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//