Isteʼdodli – ziyoli degani emas. Yozuvchi Chexovning iqtidorli, ammo, irodasiz akasiga yozgan maktubi


Saqlash
17:12 / 18.12.2023 0 1775

Sen odamlar meni tushunmaydi, deb tez-tez shikoyat qilib turasan. Bu borada hatto Gyote va Nyuton nolimagan... Faqat Iso paygʻambar hasrat qilgan, biroq u oʻzi uchun emas, taʼlimoti uchun arz qilgan... Ammo seni juda yaxshi tushunib turibman... Biroq, oʻz-oʻzingni tushinib yetmasang, bu endi boshqalarning aybi emasligini bilishing kerak. 

 

Sening barcha yaxshi xislatlaringni besh barmogʻimdek bilaman va fazilatlaringga chuqur ehtirom bilan qarayman. Menimcha, sen mehribon, egoist emas, bagʻrikeng, oxirgi chaqangni ham boshqalar bilan boʻlishishga tayyor turadigan samimiy odamsan. Seni Yaratgan egam boshqalarga bermagan isteʼdod bilan siylagan. U seni millionlab odamlardan ustun qoʻyadi, chunki dunyoda har ikki million odamga bitta rassom toʻgʻri keladi. Ammo birgina aybing bor. Bu – haddan tashqari tarbiyasizliging, beadabliging! Sening bor kulfating ana shunda!

 

Kechirasan-u, gap shundaki, hayotning oʻz talablari bor... Ziyolilar davrasida oʻz oʻrningga ega boʻlishing uchun yetarli darajada tarbiya topgan boʻlishing zarur. Sen esa isteʼdoding tufayli shu muhitga tushib qolding, ammo hamon madaniyatli davra bilan betayin kimsalar oraligʻida arosatda yuribsan. Naslingda meshchanlik borligi, yertoʻlalarda, xayr-ehsonga koʻz tikib, xipchin bilan savalanib katta boʻlganing oʻz soʻzini aytmoqda. Bu narsalarni yengib, gʻolib kelish qiyin, oʻta mushkul, afsuski.

 

Bilasanmi, fikrimcha, tarbiyali odamlar quyidagi tartib-qoidalarga amal qilmogʻi kerak:

 

1) Ular inson shaxsiyatini hurmat qilishadi, shu bois iltifotli, xushmuomala, yon beradigan boʻlishadi... Arzimas narsalar uchun gʻazablanmaydilar. Ular kim bilandir yashab turib, marhamat koʻrsatyapman, degan xayolga bormaydilar. Keta turib esa “Siz bilan yashashning iloji yoʻq”, degan gapni aytishmaydi. Ular gʻala-gʻovurni, sovuqni, tagiga olgan taomni, ovqatning achchiq yoki shoʻrligini, uyida begonalar boʻlishini kechirishadi.

 

2) Ular faqat kambagʻallar va mushuklargagina rahmdil boʻlishmaydi. Tarbiyali kishi oddiy koʻz bilan koʻrishning iloji yoʻq boshqa narsalarga ham chin yurakdan hamdard boʻla olishadi.

 

3) Ular boshqalar mulkini hurmat qilishadi, shu bois qarzlarini oʻz vaqtida toʻlab qoʻyishadi.

 

4) Ular oqkoʻngil va yolgʻondan xuddi olovdan qoʻrqqandek qoʻrqishadi. Eng mayda narsalarda ham yolgʻonchilik qilishmaydi. Chunki yolgʻon – tinglovchini haqorat qiladi, yolgʻonchini esa tinglovchilar oldida rasvosini chiqaradi. Tarbiyali kishilar koʻp gapirmaydi, ulardan biror narsa soʻrmasang, koʻngillaridagi bor gapni toʻkib solmaydilar. Boshqalarning qulogʻining hurmatidan koʻpincha sukut saqlaydilar.

 

5) Ular oʻzgalarda hamdardlik uygʻotish va yordam olish maqsadida oʻzlarini kamsitmaydilar. Ular meni hech kim tushunmaydi, demaydilar!

 

6) Ular behuda narsalar orqasidan chopib, hovliqmalik qilishmaydi. Tarbiyali odamlarni soxta brilliant kabi mashhur odamlar bilan tanishish, ularga suykalish va bundan gʻururlanish mutlaqo qiziqtirmaydi!

 

7) Ular oʻz isteʼdodlarini qadrlashadi. Shuning uchun iqtidorlari uchun dam olish, ayollar, sharob singari narsalardan voz kechishadi...

 

8) Ular oʻzlarida estetik didni tarbiyalashadi. Kana bosgan, devorlari yorilgan, poliga tupurib tashlangan, havosi buzuq xonada kiyimlarini yechmasdan uxlamaydilar...

 

Xat ayrim qisqartirishlar bilan olindi

Jaloliddin Safoyev tarjimasi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 301
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 466
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 889
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232607
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112454
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64929
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54831
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49300
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39022
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37994
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36511
“Avesto”

//