Shuhratparastlik


Saqlash
15:12 / 11.12.2023 0 643

Shuhratparastlik (arabcha mashhur boʻlishni sevish) – maʼnaviyat tamoyillarining buzilishi oqibatida namoyon boʻladigan shaxsiy xususiyat; fazilatlarini pesh qilib, shon-shuhrat ketidan quvish, yuqori martabaga intilishni hayot mazmuniga aylantirishni anglatuvchi tushuncha. Shuhratparastlik kishi ruhiyatidagi nomaqbul oʻzgarish natijasidir. Shuningdek, shuhratparastlik shon-shuhrat ketidan quvish yoʻlida har qanday axloqsizlikdan qaytmaydigan insonlar toifa sining xususiyati. Shuhratparast odam doimo atrofidagilar va jamiyat diqqat markazida turishga, mashhurlik, shov-shuv, maqtovga ichki ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj oxir-oqibat uni jamtning axloqiy-ijtimoiy talablari bilan ham, individ sifatida biologik va maʼnaviy-intellektual imkoniyatlari bilan ham mutlaqo hisoblashmaydigan nafs bandasiga aylantirib qoʻyadi. Shuhratparastlik insonga xos “men”lik tuygʻusining manmanlik bilan tutashganida yuzaga keladi. Inson oʻzini boshqalardan kam emas, ortiq ekanini isbotlashga urinar ekan, bu “men”lik tuygʻusining meʼyoridan ortib ketishi uni insoniyatga zid xatti-harakatga undashi mumkin. Shuning uchun xalqimiz shuhratparastlikni oqlamaydi, balki unga kamtarlikning ziddi sifatida salbiy xususiyat, deb qaraydi.

 

Shuhratparastlikning axloqiy illat sifatidagi xatarli jihati shundaki, u rivojlanish xususiyatiga ega: dastavval kishi oʻz “men”ining boshqa “men”lardan kam boʻlmasligini talab qiladi, keyin asta-sekin uning baland turishini xohlab qoladi va nima qilib boʻlsa ham shu xohishni amalga oshirishga intiladi. Natijada u mavjud voqelikni, atrofdagilarning unga nisbatan munosabatini haqqoniy baholay olmaydi; qayerda uni “koʻtar-koʻtar” qilib maqtashsa, oʻsha yerga oʻzini uradi, hayotda insoniy vazifasini bajarishdan chalgʻiydi, tuzatib boʻlmas xatolarga yoʻl qoʻyadi. Masalan, shuhratparastlikning yorqin timsoliga aylangan Gerostrat abadiy shuhrat qozonish uchun dunyoning yetti moʻjizasidan biri – Efes shahridagi Artemida ibodatxonasiga oʻt qoʻygan. Uning nomi hozirgacha taajjub, hayrat va ayni paytda, nafrat, laʼnat bilan tilga olinadi.

 

Shuhratparastlik ham xuddi xudbinlik kabi zamonaviy jamiyatda avj olgan illatlardan hisoblanadi. Agar xudbinlikning keng yoyilishiga maʼlum maʼnoda shaxs erkinligining qonuniy muhofazasi, baʼzi demokratik tamoyillar yoʻl ochib bersa, zamonaviy OAV shuhratparastlikning ommalashuviga xizmat qilmoqda. Nisshe aytganidek, hozirgi paytda har qanday kichkinagina “men” yoʻlini topib, sahnadan, sahifadan yoki ekrandan oʻzi haqida jahonga jar solish huquqi va imkoniga ega. Matbuot va soʻz erkinligidan gʻarazli maqsadlarda foydalanadigan, “mashhur”lar haqida shov-shuv tarqatayotgan koʻplab nashrlar, koʻrsatuv va eshittirishlar shuhratparastlikning ommalashuvini taʼminlamoqda. Bu jarayonga, ayniqsa, Gʻarb “ommaviy madaniyati”ning salbiy namunalari reklamalarda oʻzini koʻz-koʻz qilish, uy-joy, qimmatbaho mashina va shu kabilar orqali soxta “imij” yaratuvchilar haqidagi koʻrsatuvlar ijtimoiy ongga taʼsir qilmoqda. Sharqona urf-odat va qadriyatlarimizga xos boʻlgan kamtarlik, samimiylikni yoʻqotmaslik hamda mol-dunyo, boyliklarni oʻtkinchi ekanini his qilib, ularni asosiy omil, maqsad deb bilmaslik, har qanday holatda ham insoniylikni saqlab qolish kerak. Bu esa ajdodlar qoldirgan maʼnaviy-maʼrifiy merosga tayanib, yuksak maʼnaviy ideallarni shakllantirish borasida tashviqot-targʻibot ishlarini uzluksiz olib borishni taqozo etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 46
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 227
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 521
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219187
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104700
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 35345
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27552
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 27483
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 26660
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 25376
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 22637
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//