Xushomadgoʻylik. Xunuklik


Saqlash
15:12 / 01.12.2023 0 990

Xushomadgoʻylik – laganbardorlikka xos xislat, xatti-harakatni ifodalovchi tushuncha. Xushomadgoʻylik kishilardagi salbiy illatlardan biri hisoblanadi. Xushomadgoʻylik zamirida, albatta, muayyan manfaat yotadi. Chunki amal, mol-mulk yoki biron narsaga egalik istagi, odatda, noqonuniy yoʻl bilan qondiriladigan boʻlsa, xushomadgoʻylikka zoʻr beriladi. Xushomadgoʻylik munosabati soxtalikni, yuzakilikni keltirib chiqaradi. Insonga insonning xushomad qilishi oʻsha insonni yoʻldan chiqarishga, buzishga olib keladi.

 

Xunuklik – estetika kategoriyasi, goʻzallikning aksi, inson goʻzalligi, shaʼni, qadr-qimmati, tabiatining saxiyligi va ideal tasavvurlarga xilof keladigan xususiyat, narsa-hodisalarni ifodalaydigan tushuncha. Xunuklikni idrok etish kishi qalbida turli xil salbiy his-tuygʻu, kayfiyat qoʻzgʻatadi. Xunuklik goʻzallikka qisman bir jihatdangina ters boʻlsa, u kishida baʼzan taassuf, gʻazab, turli xarakterdagi kulgi (quvnoq, achchiq, zaxarxanda) uygʻotadi; goʻzallikka batamom zid kelsa, jirkanchli, hatto dahshatli hodisaga aylanib, kishida shunga yarasha nafratli hissiy munosabatni hosil qiladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 18
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 166
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 76
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 217
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 179
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235959
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114866
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68600
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57750
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52108
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40970
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39853
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//