Xususiyat


Saqlash
15:12 / 01.12.2023 0 1062

Xususiyat – shaxsning oʻziga xos barqaror jihatlarining majmui. Xususiyat faoliyat va muloqotda yuzaga keladi hamda namoyon boʻladi, shaxsning oʻzigagina xos boʻlgan odatiy xulq-atvorni anglatadi. Individ xususiyatini anglash uning xulq-atvorini oldindan bilish ehtimolini ancha oshiradi va bu bilan kutilayotgan xatti-harakati va xulqini toʻgʻrilash mumkin boʻladi. Xususiyatni shaxsning ijtimoiy turmushi belgilaydi, ijtimoiy tajribani oʻzlashtirish esa xususiyatning odatdagi jihatini yuzaga chiqaradi. Ijtimoiy-odatiy birliqda xususiyat subyektning individual oʻziga xosligi sifatida namoyon boʻladi, buni turli-tuman takrorlanmaydigan vaziyatlar paydo qiladi, bularda subyektning ijtimoiylashuvi, uning tarbiyalanishi va shu bilan birga, tabiiy omillarga bogʻliq holda individualligining rivojlanishi (koʻnikmalari, joʻshqinligi, oliy asab faoliyati) boʻladi. Individning koʻplab jihatlari orasida ayrimlari yetakchi hisoblansa, ayrimlari yetakchi xislatlarning rivojlanishi bilan bogʻliq ikkinchi darajali hisoblanadi. Xususiyat insonning atrof-borliqqa munosabatlari tizimida namoyon boʻladi: boshqa kishilarga munosabatda (kirishimlilik yoki biqiqlik, rostgoʻylik yoki yolgʻonchilik, odoblilik yoki toʻporilik va hokazo); ishga munosabatda (masʼuliyatlilik yoki vijdonsizlik, mehnatsevarlik yoki yalqovlik va hokazo); oʻz-oʻziga munosabatda (kamtarlik yoki oʻz-oʻziga mahliyolik, oʻz-oʻziga tanqidiylik yoki oʻz-oʻziga ishonganlik, kekkayganlik yoki kamsuqumlik); mulkka munosabatda (saxiylik yoki baxillik, tejamlilik yoki isrofga yoʻl qoʻyishlik, sarishtalik yoki palapartishlik). Xususiyat insonning dunyoqarashi, eʼtiqodi va axloqiy tamoyillariga bogʻliqlikda uning oʻz ijtimoiy-tarixiy tabiatini koʻrsatadi. Xususiyat jihatining nisbatan barqarorligi uning moslashuvchanligini inkor etmaydi. Xususiyat shakllanishida ijtimoiy tarbiya, shaxsning jamoaga qoʻshilib ketganligi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 353
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 590
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 531
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 868
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113289
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56482
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39415
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38667
“Avesto”

//