Xiyonatkorlik


Saqlash
17:11 / 23.11.2023 0 704

Xiyonatkorlik (arabcha makr, xiyla, xoinlik) – shaxsning maʼnaviy-axloqiy jihatdan oʻzini nazorat va idora qilish qobiliyatining yoʻqligi, axloqiy burchlarini mustaqil ravishda shakllantira va bajara olmasligi hamda oʻz qilgan ishlariga baho bera olmasligi, ahdlashilgan ahdu paymonni buzishi, umumiy tanlangan ish, fuqarolik, doʻstlik, sevgi va birodarlikka sodiq qolmaslik, bevafolik holatini ifodalovchi tushuncha. Birovning omonati, moli, joni, tinch yashash huquqiga, yetimlar va ayollar haqiga, millat, Vatan, Vatan gʻoyalari, el-yurt maqsad va manfaatlariga xiyonat qilish maʼnaviyatsizlikdan dalolat beradi. Xiyonatkorlik, musulmon qonun-qoidalariga koʻra, insonga taqiqlangan va halol boʻlmagan faoliyat bilan shugʻullanuvchi, harom ishlarga qoʻl uruvchi, harom yoʻllar bilan kun kechiradigan, aldov yoʻli bilan turli firibgarlik ishlarini qiluvchi, nafsi va hirsini tiya bilmaydigan, munofiq, razil, iymonsiz, vijdonsiz, maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan qilinadi. Kishini gʻiybat va tuhmat qilish ham unga nisbatan qilingan xiyonatkorlik hisoblanadi. Odatda, xiyonatkorlik va bunday aksilmaʼnaviy hodisalar maʼnaviy tuban shaxslar tomonidan sodir etiladi.

 

Xiyonat qiluvchi shaxs oʻz hayoti, nafsi, shaxsiy manfaatini doʻsti, yoru birodarlari, xalqi va Vatani manfaatlaridan ustun qoʻyadi, ularga vafosizlik qiladi, ularning moddiy va maʼnaviy haqlarini suiisteʼmol qiladi. Qurʼoni Karimda, ahdu paymonni buzib xiyonatkorlik qilguvchilar eng yomon kimsalar – zolimlar, kofirlar, iymonsizlar ekani, ular Allohdan qilmishlariga yarasha jazo olishlari muqarrarligi uqtirilgan. Bundan tashqari, unda odamlar oʻrtasida xiyonatkorlik sodir etilganda qanday yoʻl tutish va chora koʻrish lozimligi haqida maslahat qilingan va toʻgʻri yoʻl koʻrsatilgan: “Agar (oʻrtalaringizda ahd-paymon boʻlgan) biror qavm tomonidan xiyonatkorlikni sezsangiz, ularga (qilgan ahd-paymonlarini) bab-barobar qilib tashlang (yaʼni, oʻrtalaringizdagi ahd-paymon tugaganini har ikki taraf ham bilsin). Albatta, Alloh xiyonatkor kimsalarni sevmas”. Soʻz bilan ish birligiga amal qiladigan, vaʼdasiga vafodor, halollik qonun-qoidalariga amal qiladigan iymonli, insofli, vijdonli inson hech qachon xiyonat qilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 317
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 370
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 219
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 183
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226237
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108636
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56172
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40825
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32134
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31138
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30876
Alpomish

//