Xalqchillik


Saqlash
16:11 / 22.11.2023 0 1109

Xalqchillik – xalqona, muayyan xalqqa xos xususiyatlarni oʻzida mujassam etgan adabiyot va sanʼat asari yoki voqelikning xalqqa yaqin va xalq tomonidan oson qabul qilinadigan sodda, hayotiy ifodasini anglatuvchi tushuncha. Xalqchillik sanʼat va adabiyotda asosiy tamoyillardan biri sifatida namoyon boʻladi. Xalqchillik xalqning badiiy-ijodiy va havaskorlik faoliyatida, ogʻzaki badiiy ijodda (folklor), xalq musiqasida (musiqa folklori), xalq teatrida (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlarida (dorboz, raqs, turfa tomoshalar), xalq tasviriy, amaliy hamda bezak sanʼatida oʻz ifodasini topishi mumkin. Xalqchil badiiy asarlar mazmun-mohiyatida xalqning turmush tarzi, yashash sharoitlari, ruhiyati, orzu-armonlari, ideallari, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari, tevarakatrofga munosabati, oʻy-fikrlari mujassam boʻladi. Ayniqsa, xalq ogʻzaki badiiy ijodi milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida xalqchillikni oʻzida koʻproq mujassam etgani bois juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Unda xalqchillikni mujassam etgan xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat, goʻzallik, badiiy soʻz qadri, milliy til imkoniyatlari oʻz ifodasini topgan boʻladi. Insoniyat ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida xalqchillik muayyan millatning oʻzligini anglashda, tarixiy-madaniy qadriyatlariga ijobiy munosabat muhitini shakllantirishda, xalqning ruhini koʻtarishda muhim oʻrin tutgan. Jamiyatda xalqchil asarlarning qimmati xalq qalbidan qay darajada oʻrin olgani bilan belgilanadi. Shu jihatdan ham xalqchil asarlarni yaratish milliy qadriyatlar rivoji va targʻibotiga xizmat qilib, jamiyat aʼzolari, xususan, yoshlarni Vatan va xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalashda muhimdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 353
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 590
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 531
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 868
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113289
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56482
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39415
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38667
“Avesto”

//